MAXOVIK

MAXOVIK, zalvor massa — zalvor toʻgʻinli poʻlat yoki choʻyan gʻildirak. Porshenli dvigatellar, kompressorlar, nasoslar va b. Mashinalarning yetakchi vallariga oʻrnatiladi. U valning bir meʼyorda ravon aylanishini taʼminlaydi. Yetakchi valning aylanishi tezlashgan paytda Maxovik kinetik energiyani toʻplab, harakat sekinlashganda uni «qaytarib» beradi, yaʼni valni tez aylanishda davom etishga maj-bur qiladi. Maʼlumki, porshenli dvigatellarda porshen silindr ichida harakatlanganda dam eng yuqorigi vaziyatni, dam eng pastki vaziyatni egallaydi. Ana oʻsha eng yuqorigi vaziyat yuqori chekka nuqta (YUCHN), eng pastki vaziyat pastki chekka nuqta (PCHN) deb ataladi (q. Ichki yonuv dvigateli). M. porshenning ana shu YUCHN va PCHN lardan qoʻzgʻalishiga imkon beradi. Inersion (inersiya kuchi bilan ishlaydigan) dvigatellarda Maxovik toʻplagan energiyadan mashinani yurgizish uchun foydalaniladi (q. Jirobus).


Lotin alifbosida maqola: MAXOVIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ICHKI YONUV DVIGATELI
INERSIYA
YER
PORSHEN
ZALVAR MASSA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты