MAQOL

MAQOL — xalq ogʻzaki ijodi janri; qisqa va loʻnda, obrazli, grammatik va mantiqiy tugal maʼnoli hikmatli ibora, chuqur mazmunli ran. Muayyan ritmik shaklga ega. Maqol larda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuygʻulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan.

Maqollar mavzu jihatdan nihoyatda boy va xilma-xil. Vatan, mehnat, ilmhunar, doʻstlik, ahillik, donolik, hushyorlik, til va nutq madaniyati, sevgi va muhabbat kabi mavzularda, shuningdek, salbiy xislatlar xususida rangbarang Maqollar yaratilgan. Maqol uchun mazmun va shaklning dialektik birligi, koʻp hollarda qofiyadoshlik, baʼzan koʻp maʼnolilik, majoziy maʼnolarga boylik kabi xususiyatlar xarakterli. Maqolda antiteza hodisasi koʻp uchraydi (mas, «Kattaga hurmatda boʻl, kichikka izzatda boʻl» va b.).

Turkiy xalqlarning Maqol laridan namunalar dastlab M. Koshgʻariyning «Devonu lugʻotit turk» asarida keltirilgan. Bu M. larning bir qanchasi hozir xam oʻzbek xalqi orasida turli vari-antlarda ishlatiladi. Mas, Maqol Koshgʻariy asarida «Kishi olasi ichtin, yilqi olasi tashtin»; «Odam olasi ichida, mol olasi tashida» kabi.

Maqol baʼzan maye al, zarbulmasal, naql, hikmat, hikmatli soʻz, tanbeh, mashoyixlar soʻzi, hikmatli maqol, donishmandlar soʻzi, otalar soʻzi kabi nomlar bilan ham yuritiladi. Maqol larning ijtimoiysiyosiy va tarbiyaviy ahami-yati gʻoyat katta. Matalyaa narsa tasviri, uning xarakteristikasi beriladi, Maqolda esa toʻla tugallangan fikr-xulosa ifodalanadi.

Ad.: Shomaqsudov Sh., Shorahmedov Sh., Maʼnolar maxzani, T., 2001.


Lotin alifbosida maqola: MAQOL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XALQ IJODI
ALISHER NAVOIY
GRAMMATIKA
MUSIQA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты