MAQOM

MAQOM (arab. — joy, makon, oʻrin) — musulmon Sharqi musiqasida asosiy tushunchalardan biri. Dastlab mu-ayyan balandlikdagi tovushni hosil etish uchun torli cholgʻuning dastasida barmoq b-n bosiladigan joy, parda maʼnosida ishlatilgan. Keyinchalik Sharq musiqa nazariyasi rivojlanishi jarayonida Maqomning mazmun doirasi to-bora kengayib, bir-biriga nisbatan bogʻliq boshqa maʼnolarni ham anglata boshladi: lad tuzilmasi, lad tizimi; muayyan pardalar zaminida vujudga kelgan kuy-ohanglar; shakl, janr; bir qismli yoki turkumli cholgʻu va ashula yoʻllari; musiqiy uslub va b. M. larga oid nazariy va musiqiyestetik masalalar Abu Yusuf Yoqub ibn Isʼhoq al-Kindiy va Forobiy (9—10-a.), Ibn Sino va Ibn Zayla (11-a.), Safiuddin al-Urmaviy (13-a.), Mah-mud ashSheroziy va Abdulqodir Marogʻiy (14-a.), Jomiy va Zaynulobiddin Husayniy (15a.), Najmiddin Kavkabiy Buxoriy (16a.), Darvishali Changiy (17-a.) va b. olimlarning musiqiy risolalarida tadqiq etilgan. Yaqin va Oʻrta Sharq mumtoz musiqa nazariyasida 13-a. ga qadar Maqomlar soni aniq belgilanmagan. Safiuddin al-Urmaviy Maqom nomlaridagi parda tuzilmalarini ilmiy tasniflab, Oʻn ikki maqom tizimini ishlab chiqqan. Ushbu tizim birmuncha takomillashtirilgan holda qariyb 17-a. ga qadar qoʻllanib kelingan. Oʻn ikki maqom negizida keyinchalik har xil milliy hamda mintaqaviy Maqom turlari va turkumlari vujudga keldi. Bular oʻzbek va tojiklarda Maqom deyilsa, turkman va uygʻurlarda muqom, eron xalqlari, ozarbayjon va armanlarda murom yoki dastgoh, turklarda makam, arab xalqlarida maqam shaklida talaffuz qilinadi. Xalqchil, milliymahalliy anʼanalar taʼsiri ostida Maqom larning musiqiy va ijroviy xususiyatlari yangi xislatlar bilan boyigan holda umumiy soni, nomlanishi, tartibi hamda tuzilishida muayyan mushtaraklik va tafovutlar mavjud.

Hoz. kunda Maqomlar oʻz salmogʻi va maz-muni bilan koʻpgina musulmon Sharq xa-lqlari musiqa merosining asosiy kismini tashkil etadi. Ular shaklan va usluban rangbarang ohangdor kuy va ashula yoʻllaridan iborat. Xususan, oʻzbek mumtoz musiqasida Buxoro Shashmaqomi, Xorazm maqomlari, Fargʻona — Toshkent maqom yoʻllari, shuningdek, yovvoyi Maqom, surnay, dutor M. yoʻllari yuzaga kelgan. Milliy musiqa merosining salmoqli qismini tashkil etgan Maqom nomidagi cholgʻu va aytim musiqa asarlari oʻtmish bastakorlik ijodiyotining mumtoz mahsuli boʻlib, asrlar davomida ogʻzaki anʼanada sayqal topib bizgacha yetib kelgan.

20-a. boshlaridan shu kunga qadar oʻzbek bastakorlari va komggozitorlari Maqom lardan unumli foydalanib kelmoqdalar. Maqom negizi va uslubida bastalangan Hoji Abdulaziz, Sodirxon hofiz, Yu. Rajabiy, F. Sodiqov, K. Jabborov, S. Kalonov, O. Hotamov, F. Mamadaliyev va b. ning kuy va ashulalari, V. Uspenskiyning «Farhod va Shirin» musiqali dramasi, R. Glier va T. Sodiqovlarning «Layli va Maj-nun», M. Ashrafiyning «Dilorom» operalari, M. Burhonovning «Alisher Navoiyga qasida»si, M. Mahmudovning «Navo», M. Tojiyevning 3,9 va 11sim-foniyalari, shuningdek, poema, syuita, oratoriya, kantata, xor kabi janrlarni ijodiy oʻzlashtirishda oʻzbek Maqomi qonuniyatlari hamda oʻziga xos ifoda vositalari muhim omil boʻlib xizmat qildi. Koʻhna Maqom sanʼati oʻzining barkamol badiiy-estetik ahami-yatini tiklab, zamonaviy musiqiy jarayonning ajralmas tarkibiy qismi sifatida oʻzining beqiyos ijodiy, ijroviy va ilmiy salohiyatini namoyon etmoqda. Xususan, Maqom ijrochilarining respublika tanlovlari 1983-y. dan eʼti-boran har 4 yilda muntazam oʻtkazib kelinmoqda. Maqom masalalariga bagʻishlangan koʻplab ilmiy-ijodiy konferen-siyalar («Rajabiyxonlik», 1993, 1996, 1999), seminarlar, xalqaro musiqashu-noslik simpoziumlari (Samarqand, 1978, 1983, 1987, 2001; Berlin 1988, Finlyandiya 1996, Istanbul 1999) oʻtkazilmoqda. Maqom larning ilmiynazariy hamda amaliy asoslari mamlakatning boshlangʻich, oʻrta maxsus, oliy musika va sanʼat taʼlimi muassasalarida oʻqitilib, malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda. 1987-y. dan YUNESKO huzuridagi Anʼanaviy musiqa boʻyicha xalqaro uyushma (IFMC) qoshidagi «Maqam» ilmiy guruhi faoliyat koʻrsatmoqda.

Ad. h Rajabov I., Maqomlar masalasiga doyr, T., 1963; Ibrohimo v O., Maqom va makon, T., 1996.

Ravshan Yunusov.


Lotin alifbosida maqola: MAQOM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
MUSIQA
SHASHMAQOM
FOROBIY
MUSIQASHUNOSLIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты