MAQOM ANSAMBLI

«MAQOM» ANSAMBLI — h) maqomlarni ijro etishga ixtisoslashgan xonanda va sozandalar guruhi. Ularning ijro dasturlaridan asosan maqomlar, shuningdek, oʻzbek bastakorlarining kuy va ashulalari, xalq musiqasi na-munalari oʻrin oladi. 20-a. ning boshlariga qadar «Maqom ansambli»a. lari Buxoro, Samarqand, Xiva, Qoʻqon, Toshkent va b. yirik shaharlarda, xususan saroy sharoitida faoliyat kursatgan. Keyinchalik «Maqom ansambli»a. lari yangicha shart-sharoitlarda mumtoz milliy musiqa ijodiyotini keng targʻib qilish maqsadida qayta tuzilgan. Oʻtmishda «Maqom ansambli»a. lari tomonidan maqomlar yaxlit turkum holda yoki ularning alohida-alohida cholgʻu va ashula qismlari ijro etilgan. Bunda, jumladan, Shashmaqomttt Talqin, Nasr, Savt kabi shoʻbalarini aytishga ixtisoslashgan hofizlar talqinxon, nasrchi, savtxon deb yuritilgan. Ularga tanbur, doyra yoki ixcham cholgʻu ansambli joʻrlik qilgan. Jumladan, 19-a. ning oxirida Buxoroga mos «Maqom ansambli»a. tarkibida, odatda, 2 ta tanbur, dutor, qoʻbiz (yoki sato), doira va 2—3 nafar joʻrovoz hofizlar boʻlgan. 1920-y. larda tashkil topgan Sharq musiqa maktablarida, Samarqand musiqa va xoreografiya in-tida maqom ijrochiligidan saboq berishda Opga Jalol Nosirov, Ota Gʻiyos Abdugʻani, Domla Halim Ibodov, Hoji Abdulaziz Rasulov, Matyoqub Xarratov kabi yirik maqomchi ustozlar xizmat qilganlar;

2) Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi qoshidagi Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambli. 1959-y. da akademik Yu. Rajabiy tashabbusi bilan tuzilgan. 1989-y. dan Yunus Rajabiy nomida. Respublika radiosi huzurida 1927-y. da tashkil topgan oʻzbek xalq cholgʻulari ansambli (rahbar Yu. Rajabiy), shuningdek, Hoji Abdulaziz Rasulov, Domla Halim, Toʻychi hofiz kabi atoqli hofizlarning boy ijodiy-ijrochilik anʼanalariga tayanib ish tutdi. Ansamblga tajribali xonanda va sozandalar jalb etilib, milliy cholgʻulardan tanbur, dutor, chang, rubob, gʻijjak, sato, nay, qoʻshnay, doira va b. kiritildi. Ansambl tomonidan, asosan, Buxoro va Fargʻona-Toshkent makom yoʻllari mukammal oʻrganilishi hamda noyob ijro uslublari oʻzlashtirilishida F. Sodiqov (1961—76 yillarda changchi va musiqa rahbari), J. Sultonov, O. Imomxoʻjayev, A. Haydarov, K. Ismoilova, B. Dovidova, O. Alimahsumov, O. Qosimov, T. Alimatov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar — K. Moʻminov, A. Ubaydullayev, B. Zirkiyev, I. Katayev, S. Aminov, Sh. Ergashev, X. Qodirova, H. Yusupova, 3. Sodiqov, I. Qodirov, shuningdek, I. Toʻrayev, D. Sottixoʻjayev, U. Otayev va b. ning ulushi katta boʻldi. Bu jamoa ijrosida Shashmaqom, Fargʻona— Tosh-kent maqom yoʻllari magnit tasmasi hamda grammofon plastinkalarga yozib olinib, bir necha bor koʻpaytirilgan. Yu. Rajabiy rahbarligida keng faoliyat koʻrsata boshlagan bu ijodiy jamoa katta va oʻziga xos maktab yaratishga muvaffaq boʻldi. Ansamblga badiiy rahbar sifatida ishlagan Yu. Rajabiy (1959—76), O. Alimahsumov (1976—79), Sh. Mirzayev (1979—81), Gʻ. Toshmatov (1981—86), A. Ismoilov (1989—96 va 1999-y. dan), Isroil Vahobov (1996 — 99)larning xizmatlari katta. Soʻnggi davrdagi ansambl tarkibi ud va qonun cholgʻulari bilan kengaydi, maqomlarning ijro talqinlari yanada koʻpaydi. «Maqom ansambli»a. ijrochiligining keyingi ravnaqida A. Ismoilov va A. Abdurashidov, O. Hotamov, O. Otaxonov, E. Lutfullayev, H. Rajabiy, M. Tojiboyev, M. Yoʻldoshev, aka-uka Vahobovlar, B. Doʻstmurodov, T. Maxmudov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar A. Xoltojiyev, M. Dalabosova, N. Sattorova, A. Dadayev, M. Ziyoyeva va b. ning munosib hissasi bor. Ansambl sozanda va xonandalari nufuzli musiqiy anjumanlar, shu jumladan, YUNESKO qoshidagi xalqaro musiqa kengashining VII kongressi (Moskva, 1971), Xalqaro musiqashunoslik simpoziumlari (Samarqand, 1978, 1983, 1987), «Sharq taronalari» xalq-aro musiqa festivallari (Samarqand, 1997, 1999, 2001) da muvaffaqiyatli ishtirok etgan;

3) Oʻzbekistonning turli joylar (madaniyat saroylari, oʻquv yurtlari, viloyat televideniyesi va b.)da tashkil topgan professional va havaskorlik makom ansambllari 1970-y. lardan faoliyat koʻrsatmoqda (Xorazm, Andijon, Buxoro, Samarqand, Qoʻqon va b.). «Maqom ansambli»a. lari ustozona makom ijrochiligi anʼanalarini davom ettirgani holda boshqa mumtoz kuy va ashulalarni hoz. zamon tinglovchilarining didi, talab va ehtiyojlariga moslab ijro etilishiga alohida aqamiyat beradi. 1972-y. da Toshkent konservatoriyasi (hozirda Oʻzbekiston davlat kon-servatoriyasi) tarkibida Sharq musiqasi (hozirda Anʼanaviy ijrochilik) kafedrasi ochilishi b-n sozanda talabalar uchun «Maqom ansambli»a. nomli oʻquv-amaliy fani joriy etildi. Konservatoriya talabalaridan iborat cholgʻu «Maqom ansambli»a. ijrosida Buzruk maqomi cholgʻu qismlari (1973, rahbar F. Sodiqov), shuningdek, Shashmaqomning barcha mushkilot yoʻllari (rahbar dotsent A. Hamidov) ilk bor mukammal holda yozib olinib, 5 ta maxsus grammofon stereo plastinkalar (jami 11 dona) chiqarilgan (1987— 91). Xorazm maqomlari toʻliq holda 1990-y. larda Xorazm viloyat teleradiosi qoshida tuzilgan «Maqom ansambli»a. (badiiy rahbar R. Jumaniyozov) ijrosida magnit tasmasiga yozib olingan. Hoz. musiqa va sanʼat kollejlarida hamda baʼzi boshlangʻich musiqa va sanʼat maktab va litseylarida ham maqom yoʻllari oʻqitilmoqda. 1983-y. dan muntazam oʻtkaziladigan Maqom ijrochilarining respublika tanlovlarida «Maqom ansambli»a. lari ham ishtirok etadi. 1991-y. da bu tanlovga Yunus Rajabiy nomi berilgan.

Ravshan Yunusov.


Lotin alifbosida maqola: MAQOM ANSAMBLI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
SHASHMAQOM
MUSIQA
FRANSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты