KRIOSTAT

KRIOSTAT (krio… va yun. statos — turgʻun, harakatsiz) — ichida oʻzgarmas kriogen t-ra (120° K dan past) toʻtib turiladigan metall, shisha yoki plastmassadan yasalgan qurilma; kriogen texnikasi vositasi. Odatda, suyultirilgan yoki qotirilgan gazlar (azot, vodorod, geliy va b.) bilan sovitiladi. Kriostat dagi maxsus idishga solingan sovituvchi gaz bosimini oʻzgartirish bilan Kriostatga joylashtirilgan muhit t-rasini oʻzgartirmay turish mumkin. Kriostat tashqi muhit taʼsiridan yaxshi izolyatsiya qilinadi (Dyuar idishi, termos singari). Suyultirilgan gaz solingan (mas, geliy — sovituvchi agent, azot — atrof muhitdan issiqlik kirishiga qarshilik koʻrsatadi) metall Kriostat keng tarqalgan. Bunday Kriostat larning korpusi bilan ichki qismlari orasidagi t-ra oʻzgarishlarini silfon baravarlashtirib turadi. Radiotexnika, optika, texnika va b. da ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: KRIOSTAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SHISHA
KRIOGEN TEXNIKASI
TOSHKENT
YER
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты