KRISTALLANISH — modda va jismlarning termodinamik turgʻunsizlik qolatdan turgʻun holatga oʻtish jarayonida kristallarnsht hosil boʻlishi. Kristallar hosil boʻladigan muhitlar oʻta sovitilgan bugʻ yoki toza modda suyuqligi, muayyan moddaning boshqa moddadagi oʻta toʻyingan eritmasi, boshqa kristall tuzilishli modda va h. k. boʻlishi mumkin.
Suvning sovib, qattiq qolatga oʻtishi ham Kristallanish jarayonidir. Kristallanishda jism energiyasi kamayadi, chunki bunda issiqlik kurinishida yashirin energiya ajralib chiqadi (K. issiqligi deyiladi) va bu jarayon moddaning erish t-rasidan past t-radagina yuz beradi. Rasmda soviyotgan suyuqlik t-rasining vaqtga bogʻliqligi keltirilgan. Egri chiziqning 1-qismi suyuqlikdan issiqlik ajralishi bilan uning t-rasi tekis pasaya borishini koʻrsatadi. Gorizontal 2-qismi issiqlik ajralayotganligiga qaramay, t-raning muayyan qiymatida uning vaqt oʻtishi b-n oʻzgarmay krlishini koʻrsatadi. Bir oz vaqtdan keyin t-ra pasaya boshlaydi (3-qism). 2-qismga mos kelgan t-ra Kristallanish t-rasi deyiladi. Kristallanish paytida ajraladigan issiqlik moddadan olib ketilayotgan issiqlik bilan kompensatsiyalanadi. Shuning uchun ham t-ra vaqtincha oʻzgarmaydi. Kristallanish jarayoni toʻxtagandan soʻng, qotgan jism t-rasi pasaya boshlaydi. T-raning vaqtga nisbatan bunday oʻzgarishi kristall jismlarga xos. Kristallanmaydigan suyuqliklarning sovishida yashirin issiqlik ajralmaydi va sovish grafigi monoton chiziqdan iborat boʻladi. Kristallanish roʻy berishi uchun Kristallanish markazlari, mas, suyuqlikda muallaq holda yurgan qattiq zarralar va b. boʻlishi lozim. Bu K. markazlari atrofida ayrim kristallchalar borgan sari oʻsib borib, oqibatda birbiriga birikib polikristall qattiq jiyemni hosil qiladi. Faqat maxsus sharoitdagiva Kristallanish markazidan oʻsib chiqqan bir butun monokristall hosil qilish mumkin.
Koʻpchilik jismlar uchun Kristallanish t-rasi bosim ortishi bilan koʻtariladi. Suyuqlikda oʻsayotgan kristallda kattagina t-ra gradiyenti mavjud boʻladi. Bu hol turli qatlamlarda atomlararo masofalarning birday boʻlmasligiga olib keladi. Nihoyat, kristall oʻsib boʻlganidan soʻng, uning sovishida hosil boʻlgan termoelastik kuchlanishlar kristalldagi dislokatsiyani vujudga keltiradi.
Gaz (bugʻ) ham bevosita kristallga aylanadi (kondensatsiya tufayli). Bu holda ham yashirin issiqlik ajralib chiqadi. Rasm, 3 da oʻzining bugʻi bilan muvozanatda boʻlgan qattiqjism grafigi ifodalangan. Chizikdan chap tomonda qattiq holati, oʻng tomonda gaz holati koʻrsatilgan. Kristallanish jarayoni eritmalarda ham sodir boʻladi. Bu jarayonning boshlanishi eritmaning tarkibiga va t-rasiga bogʻliq. Eritma tarkibida bir necha modda boʻlsa, ularning har biri eritmaning Kristallanish t-rasini pasaytiradi. Bunday tarkibli eritma evtektika, uning Kristallanish t-rasi evteti k nuqta deyiladi. Eritma t-rasini pasaytirib, eritmani uning tarkibiy qismlariga nisbatan oʻta toʻyingan holatga keltirish mumkin. Bu holda Kristallanish markazlarida erigan moddaning ortiqcha qismi eritmada alohida kristallchalar holida ajrala boshlaydi va eritma tuyinmagan holga keladi. Erituvchini bugʻlantirish yoʻli b-n ham eritmani oʻta toʻyingan holga keltirish va kristal-lantirish mumkin. Boʻlardan tashqari, elektrolitik va kimyoviy Kristallanish ham mavjud. Kristallanish jarayonida kristallda har xil nuqsonlar (mas, kristall ichida yot gaz, suyuqlik va qattiq jism zarralari, vakansiya, dislokatsiya va ichki kuchlanishlar va h. k.) paydo boʻladi.
Texnik va zargarlik maqsadlarida sunʼiy kristallar hosil qilish Kristallanish jarayoniga asoslangan, jumladan, sunʼiy kvars olish eng koʻp olinadigan kristallardan hisoblanadi. Sintetik kvars tabiiy kichik kristallardan, unchalik maydalanib ketmagan daryo qumlaridan olinadi. Qum xom ashyosi maxsus idishga solinadi va ustiga soda eritmasi quyiladi. Idish ogʻzi qopqoq bilan yopiladi. Uning ichki tomonidan tabiiy yoki sintetik kristallardan tayyorlangan yupqa qatlamlar osib qoʻyiladi. Idish ichida yuqori t-ralar va bosim ostida qumning toʻyingan eritmasi (kremnezem) hosil boʻladi. Ana shu eritmadan asta-sekin yangi-yangi kvars kristallari qatlamlari (SiO2) hosil boʻlaveradi. Bunday jarayon Oʻrta Osiyo xalqlari (ayniqsa, oʻzbeklar) orasida novvot tayyorlashda keng foydalanib kelivadi.
Hoz. kunda juda koʻp turdagi sunʼiy kristallar (korund, karborund, kriolit, fianit, slyudalar) olinadi. Yuqoridagi usul asosida eritmalardan zarur qismlarini ajratib olishda xdm foydalaniladi. Mas, silvinit (KClNaCl) aralashmasidan kaliy xlorid ajratib olinib, aralashma sovitilganda qoladi. Sanoatda kaliyli oʻgʻitlar olish ham shu jarayonda ishlab chiqariladi.
Suvning Kristallanish atmosfera hodisalari va tuprokllunoslikda muhim oʻrin egallaydi. Kristallanish tufayli minerallar hosil boʻladi. Kristallanishdan yarimoʻtkazgich, optik, pyezoelektr va b. materiallarni olishda, shuningdek, metallurgiya, kimyo, tibbiyot, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoatida (moddalarni tozalashda, tuz, qand, novvot, turli dorilar ishlab chiqarishda) foydalaniladi.
LL:Mallin Dj. U., Kristallizatsiya [per. s angl. ], M., 1965; L od i z R. A., Parker R. L., Rost monokristallov |per. s angl. ], M., 1974; Sovremenvaya kristallografiya, t. 3 [Obrazovaniye kristallov], M., 1980.
Nazar Toʻrayev.