KSENON

KSENON (yun. xenos — begona, lot. Xsepop) , Xe — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 53, at. m. 131,29. Inert gazlar jumlasidan. Havodan ajratib olingan tabiiy Ksenon 9 ta izotopdan iborat: i24Xe (hajmi jihatidan 0,096%), l26Xe(0,090%), 128Xe(1,92%), 129Xe(26,44%), 13OXe(4,O8%), |3|Xe(21,18%), 132Xe(26,89%), |34Xe(10,44%), |36Xe(8,87%). Uran minerallaridan ajratib olingan. Ksenonning izotop tarkibi bundan farq qiladi, chunki 235U va 238U boʻlinganda radioaktiv izotoplar hosil boʻladi. Yadroviy portlashlarda ham shu hodisa kuzatiladi. Poling boʻyicha elektromanfiyligi 2,6; at. radiusi 0,218 nm. Ksenon hajm jihatidan atmosferaning 0,86-10~5%ni tashkil etadi. Fazoda juda siyrak tarqalgan (7,7108 atom geliyga 1 atom Ksenon toʻgʻri keladi). Ksenon — bir atomli rangsiz va hidsiz gaz. Qaynash t-rasi 165,05K; qattiq holatdagi Ksenonning zichligi 2,700 g/sm3 (133K), suyuq holatdagi Ksenon niki 2,987 g/sm3 (165K), gaz holatdagi Ksenon niki 5,85 kg/m3 (273K, 0,1 MPa). Ksenon faqat ftor bilan bevosita birikadi va Ksenon ftoridlari (XeF2 XeF4 va XeF6) hosil qiladi. Ksenonning boshqa birikmalari bilvosita usullar yordamida Ksenon ftoridlardan olinadi.

Ksenon (Sh)-oksid, XeO, — oddiy sharoitda rangsiz kristall modda. Suvli eritmalarda oksidlovchi, koʻpgiva organik moddalarni parchalab SO2 ajratib chiqaradi. Kristall holatdagi XeO3 — portlovchi modda. 30 mg dan ortiq mikdorda oʻz-oʻzidan portlaydi. XeO3dantashqari Ksenon (1U)-oksid, XeO4 (suyuklanish t-rasi — 35,8°, oddiy sharoitda oson parchalanadi) ham maʼlum.

Ksenon sanoatda havodan olinadi. Uni kripton-ksenonli konsentratdan ajratib olish ham mumkin. Elektrovakuum texnikasida, gaz yorugʻlik lampalari, kuchli gazrazryadli – va impulsli yorugʻlik manbalarini radiografiya va tibbiyot diagnostikasida, shuningdek, vakuum qurilmalaridagi yoriqlarni aniqlashda qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: KSENON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI
URAN
KIMYO
INERT GAZLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты