KUBA

KUBA (Cuba), Kuba Respublikasi (Republica de Cuba) — Vest-Indiyadagi davlat. Kuba o. va Katta Antil o. lari guruhiga kiruvchi 1600 dan ortiq mayda orolda joylashgan. Mayd. 110,86 ming km2. Aholisi 11,2 mln. kishi (2001). Poytaxti — Ganava sh. Maʼmuriy jihatdan 14 viloyat (provincia)ra, viloyatlar munitsipiyalarga boʻlingan.

Davlat tuzumi. Kuba — sotsialistik davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1976-y. umumxalq referendumida maʼqullangan, unga 1992-y. da tuzatishlar kiritilgan. Davlat hokimiyatining oliy organi va qonun chiqaruvchi organ — Xalq hokimiyati milliy assambleyasi; uning deputatlari orasidan Davlat kengashi raisi, uning birinchi oʻrinbosari va 5 oʻrinbosari, kotibi va 23 aʼzosi saylanadi. Davlat kengashining raisi (Fidel Kastro Rus) davlat va hukumat boshligʻi hisoblanadi, milliy mudofaa kengashiga boshchilik qiladi. Oliy ijroiya organi — Vazirlar kengashi (hukumat). Uning aʼzolari Xalq hokimiyati milliy assambleyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Tabiati. Kuba hududi, asosan, tekislik. Kir va togʻlar K. ning 1/3 qismini egallagan. Kuba o. ning markaziy qismida Guamuaya togʻi bor (bal. 1156 m). Eng baland togʻlar mamlakatning jan.-sharqida. Jan. sohili boʻylab Syerra-Maestra togʻlari choʻzilgan (bal. 1974 m li Turkino choʻqqisi Kubaning eng yuqori nuqtasi). Mis, marganes, asbest, tosh tuz, fosforit, neft, gaz, xromit konlari va b., Xuventud (Pinos) o. da nikel, kobalt, temir, marganes, volfram rudalari, qurilish materiallari, jumladan, marmar va kaolin konlari bor.

Iqlimi — tropik, yil davomida havo harorati va nisbiy namlik yuqori darajada boʻladi, yomgʻirli mavsum — may — okt. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 22,5°, avg. niki 27,8°. Minimal t-ra 5° dan yuqori, maksimal t-ra 40°ga yetadi. Yillik yogʻin tekisliklarda 1000 — 1200 mm, togʻlarda 2200 mm gacha. Qurgʻoqchilik mavsumi noyab. dan apr. gacha, asosan, Kubaning jan. dagi tekisliklarida roʻy beradi, dahshatli dovul va tropik siklonlar boʻlib turadi. Daryolarining koʻpi qisqa, serostova va kam suv. Eng katta daryosi — Kauto (oʻz. 370 km) Syerra-Maestra togʻlaridan boshlanadi. Daryolari, asosan, yomgʻir suvidan toʻyinadi.

Kuba hududining 10% chasi oʻrmon. Togʻ etaqlarida va tekisliklardagi qizil, qizil-jigarrang nam tuproqli yerdarda keng bargli va doim yashil oʻsimliklar, jumladan, palma hamda kan daraxtlari, quruq va toshloq yerdarda qaragʻay oʻrmonlari, sananvalar, mayda bargli tikanli butalar, kaktus va aga-valar oʻsadi. Yer oʻzlashtirish davrida koʻproq tekisliklardagi daraxtlar kesilgan. Bunda baʼzi daraxtlar, jumladan, palmalar qoldirilgan. Shuning uchun Kubaning hoz. tekislik landshafti tashqi koʻrinishdan palmazorlarga oʻxshab ketadi. Hayvonot dunyosida umurtqalilar kam, koʻpchilik hayvonlar endemiklardir. Koʻrshapalakning 23 turi bor. Qushlarning 300 dan ortiq turi maʼlum. Ularning koʻpi faqat qishlash uchun uchib keladi. Mahalliy turlari — kolibri, toʻtilar va mayda taskaralar. Kaltakesaqlar, toshbaqa, timsoh, boʻgʻma ilonlar yashaydi. Hasharotlardan termit va kokuyolar uchraydi. Quruqlikda yashovchi krab va qisqichbaqalar bor. Qoʻriqxonalar: El-Kabo, Koʻpell va b. ; rezervatlar: Syevaga-de-Sapata, Syevagade-Lanyer.

Aholisining 98% dan koʻprogʻi kubaliqlar; xitoy, yapon va gaitiliklar ham yashaydi. Mahalliy aqoli — indeyslarning avlodi ham uchraydi. Dindorlari xristian dinining katolik va protestant mazhabiga eʼtiqod qiladilar. Rasmiy tili — ispan tili. Aholining 72% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Ganava, Santyago-de-Kuba, Kamaguey, Guantanamo, Olgin, Matansas, Syenfuegos, Pivar-del-Rio, Bayamo, Santa – Klara va b.

Tarixi. Mil. av. 4-ming yillikdan ilgariroq ham Kubada indeys qabilalari yashagan. 7—9-a. larda Kubaga Jan. Amerikadan mayarlar, subtaino va tayno qabilalari koʻchib kelgan. Bu qabilalar ovchilik, baliq ovlash va dehqonchilik b-n shugʻullangan. 15-a. oxirlarida orolda 200 mingdan ortiq kishi yashagan. Orolga 1492-y. okt. da X. Kolumb ekspeditsiyasi yetib kelgan. Oʻsha vaqtda Kubada aranak indeys qabilalari yashardi. 1510-y. uni ispanlar bosib olib, aholini qirib tashlay boshladi. Indeyslar oʻz sardorlari — Atuey va Guam rahbarligida bosqinchilarga qarshi qattiq kurashdi. Ogʻir mehnat, ochlik va kasallik oqibatida 5 ming indeys tirik qoldi, xolos. Shuning uchun mustamlakachilar konlar va shakarqamish plantatsiyalarida ishlatish uchun Afrikadan negr-qullar keltirdilar.

Iqtisodiy va madaniy munosabatlar rivojlanishi natijasida (18-a. oxirlarida) Kuba xalqi shakllana boshladi. Ispaniya mustamlakalarining 1810—26 y. lardagi mustaqillik uchun olib borgan urushi vaqtida Kuba yer egalarining ilgʻor qismi F. Arango-i-Parrenyo rahbarligida iqtisodiy va siyosiy oʻzgarishlar qilish uchun kurashdi. Vatijada Ispaniya bir oz yon berishga (tamaki monopoliyasini bekor qilish, erkin savdoga ruxsat berish va b.) majbur boʻldi va bu narsa Kubaning iqtisodiy yuksalishiga olib keldi. 19-a. ning 20-y. laridan K, da gaz. lar chiqa boshladi, yashirin jamiyatlar paydo boʻldi. Ular oʻz oldiga mustaqillik uchun kurashni maqsad qilib qoʻydi. 1844-y. negr-qullarni ozod qilish uchun harakat qatnashchilari qattiq jazolandilar.

19-a. ning 30-y. larida Kubada dastlabki tamaki va sigara f-kalari paydo boʻldi. 60-y, lardan kapitalistik munosabatlar rivojlana boshladi.

1868-y. 10 okt. da Oryente viloyatida Kuba de Sespedes rahbarligida Kuba vatanparvarlarining qoʻzgʻoloni boshlandi. Ular eʼlon qilgan manifest K. xalqining ispan mustamlakachilariga qarshi 10 y. lik milliy ozodlik kurashini boshlab berdi. Qoʻzgʻolonning maqsadiga toʻla-toʻkis erishilmagan boʻlsada, ammo 1886-y. quldorlik bekor qilindi. Ispan hukmronligiga qatʼiy zarba berishga tayyorgarlik ishlari olib borildi. Bu ishga X. Marti rahbarlik qildi. 1892-y. X. Marti AQSH da Kuba inqilobiy partiyasi (KIP)ni tuzdi. 1895-y. 24 fev. da Oryente viloyatida Kuba mustaqilligi uchun qurolli qoʻzgʻolon koʻtarildi. 1895-y. sent. da K. Respublikasining inqilobiy hukumati tuzildi. Yangi konstitutsiya ishlab chiqildi. 1897-y. noyab. da Ispaniya Kubaga muxtoriyat berdi, ammo kurash davom ettirilib, yilning oxirida Kubaning koʻp qismi ispanlardan ozod qilindi. 1898-y. apr. da AKSH Ispaniyaga qarshi urushga qoʻshilib, Ispaniyani tor-mor keltirdi va oʻsha yili Parij tinchlik bitimi tuzildi. Bitimga koʻra, Kuba rasman mustaqil deb eʼlon qilingan boʻlsa ham, haqiqatda 1898-y. dan 1902-y. gacha AQSH tasarrufida boʻldi.

1903-y. gi adolatsiz shartnomaga binoan, AKSH Guantanamo harbiy-dengiz bazasini nomaʼlum muddatgacha ijaraga oldi.

1925-y. mayda davlat tepasiga kelgan X. Machado terrorchi diktatura oʻrnatdi. 1934-y. yanv. da hukumat F. Batista kuliga oʻtdi, u harbiy-politsiya rejimini oʻrvatdi. 1935-y. martda umumiy ish tashlash boshlandi, bunda Batista rejimini bekor qilish, yangi demokratik konstitutsiya tuzish talab etildi. 1944 — 48 y. larda R. Grau San-Martina hukumatga boshchilik qildi. Mavjud siyosatga qarshi norozilik mitinglari, ish tashlash va h. k. hukumatni demokratik tashqilotlarga yon berishga majbur etdi.

1952-y. 10-martdagi davlat toʻntarishi natijasida hokimiyatni yava F. Batista egalladi. Shu sharoitda F. Kastro Rus boshliq inqilobchi yoshlar guruhi Batista hokimiyatiga qarshi qurolli kurash boshladi. 1953-y. 26-iyulda guruh Santyagode-Kubadagi Monkada kazarmasiga hujum qildi. Pekin bu qujum muvaffaqiyatsiz yakunlandi. F. Kastro va uning safdoshlari hibsga olinib, 15 y. lik qamoq jazosiga hukm qilindi. 1955-y. keng jamoatchilik tazyiqi natijasida hukumat mahbuslarga afv eʼlon qildi. F. Kastro AQSH ga, soʻng Meksikaga ketdi va u yerda F. Batista hokimiyatiga qarshi qurolli kurash rejasini ishlab chikdi. 1956-y. 2 dek. da F. Kastro boshchiligidagi guruh «Granma» yaxtasida Kubaga kelib tushdi. Shu paytdan mamlakatni F. Batista rejimidan ozod etish uchun kurash boshlandi.

1957-y. 13-martda talabalarning «Inqilobiy direktorat» degan siyosiy tashkiloti Batista hukumatini yuqotish maqsadida prezident saroyiga bostirib kirdi. 1959-y. 1 yanv. kechasi Batista hokimiyati agʻdarildi. 1959-y. fev. da F. Kastro boshliq hukumat tuzildi. O. Dortikos Torrado prezident boʻldi. __ K. — 1945-y. dan BMTaʼzosi. 1992-y. da OʻzR mustaqilligini tan olgan. Milliy bayramlari: 1 yanv. — Ozodlik kuni (1959), 26 iyul — Milliy qoʻzgʻolon kuni (1953).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. K. kommunistok partiyasi, 1961-y. da 3 tashqilot: K. xalq sotsialistax partiyasi, «26-iyul harakati» va «13 mart inqilobiy direktorati»ning birlashuvi natijasida vujudga kelgan. Kuba mehnatkashlari kasaba uyushma markazi 1939 i. da tuzilgan, 19 ta tarmoq kasaba uyushmasini birlashtiradi.

Xoʻjaligi. Kuba — agrar-industrial mamlakat. Davlat sektori sanoat i. ch. ning hammasini, qurilish va savdoni, transportning 98% ni, q. x. ga yaroqli yerdarning 80% ni oʻz ichiga oladi. Yalpi milliy daromadni hosil qilishda sanoatning ulushi 46%, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlash ulushi 15,9%.. Qishloq xoʻjaligining asosi — shakarqamish yetishtirish. Ekinzorlarning yarmiga (1,5 mln. ga yerga) shakarqamish ekiladi. Tamaki, kofe, mango, don va dukkaqlilar, sholi, ildizmevalilar, meva, sitrus, moyli ekinlar, paxta va b., yil boʻyi sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtiriladi. Ananas, banan, qovun daraxti, kokos palmasi, kanop anchagiva maydonni egallaydi. Chorvachiligi, asosan, goʻsht-sut yoʻnalishida. Qoramolchilik, choʻchqachilik, parrandachilik rivojlangan. Dengizdan baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi.

Sanoati. Qand-shakar i. ch. — K. sanoatining yetakchi tarmogʻi. Eng katta va texnik jihatdan yaxshi uskuvalangan z-dlar Santyago-de-Kuba va Kamaguey viloyatlarida. Oziq-ovqat sanoati (qanddan tashqari) un tortish va non yopish korxonalaridan, goʻsht k-tlari, sut-sariyogʻ, moy z-dlari va b. dan iborat. Soya moyi va aralash yem, yer yongʻoq, palma moylari va b. ishlab chiqariladigan z-dlar bor. Tamaki mahsulotlari ishlab chiqariladigan f-kalar mavjud. Kimyo sanoati, asosan, chetdan olinadigan xom ashyo va yarim fabrikat asosida ishlaydi. 1 y. da oʻrtacha 15,8 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi.

Gazlama va toʻqimachilik buyumlariga boʻlgan ehtiyoj 50—60% taʼminlanadi. Toʻqimachilik k-ti va f-kalari bor. Koʻn poyabzal sanoati mamlakat ehtiyojini asosan taʼmin etadi. Kubada yirik sement z-di, temir-beton konstruksiyalar, gʻisht va b. z-dlar, uysozlik k-ti, oyna-shisha kti bor.

Konchilik sanoati va rangli metallurgiya nikelli, misli va b. ruda qazib olish va ularni boyitish korxonalaridan iborat. Nikel qazib chiqarishda Kuba dunyoda 3-oʻrinda turadi. Q. x. mashinalari, dizel motorlari z-dy, elektrodlar f-kasi, kema qurish va taʼmirlash korxonalari mavjud. Soʻnggi vaqtlarda xalqaro sayyohlik rivojlanib, valyuta tushumlari manbalari orasida birinchi oʻringa chiqdi.

Transporti. Ichki aloqalaruchun avtomobil transporti muhim ahamiyatga ega. T. y. ning oʻz. — 4,8 ming km. Avtomobil yoʻllari oʻz. — 14,5 ming km. Eng yirik portlari — Ganava va Santyago-de-Kuba.

Kuba chetga shakarqand, ruda va ruda konsentratlari, nikel, sitrus mevalar, ichimlik, tamaki va tamaki mahsulotlari chiqaradi. Chetdan asbob-uskuna, transport vositalari, neft va neft mahsulotlari, gʻalla, oziq-ovqat, yogʻoch va h. k. olinadi. Tashqi savdoda RF, Lotin Amerikasi va Yevropadagi baʼzi mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Kuba pesosi.

Tibbiy xizmati. Vrachlar un-tlarning tibbiyot f-tlarida, hamshiralar bilim yurtlarida tayyorlanadi. Kubada SanVisente, San-Diyego-delos-Banʼos, Santa-Fe va b. mashhur kurortlar bor.

Maorifi, ilmiy va madaiiy-maʼrifiy muassasalari. 1961-y. gi qonunga binoan, maorif davlat ixtiyoriga olindi va oʻqish bepul qilindi, 9 y. lik (6 y. lik boshlangʻich va 3 y. lik asosiy oʻrta) majburiy taʼlim joriy etildi. Hamma oʻquv yurtlarida stipendiya beriladigan boʻldi. Oliy oʻquv yurtlari: Ganava unti, Santyago-de-Kuba, Santa-Klara, Kamaguey un-tlari, Ganava yaqinida Oliy ped. in-ti, Milliy sanʼat maktabi, chet tillar oliy in-ti va b. Eng yirik kutubxonalari: Xose Marti nomidagi Milliy kutubxona, Ganava un-ti kutubxonasi. Ganavada Milliy muzey, Xalq sanʼati muzeyi, Inqilob muzeyi, Antropologiya muzeyi va b. bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz. va jur. lari: «Granma» (kundalik gaz., 1965-y. dan), «Trabaxadores» («Mehnatkash», haftalik gaz., 1970-y. dan), «Tribuva de la Ganava» («Ganava minbari», haftanoma, 1980-y. dan), «Adelante» («Olgʻa», gaz., 1959-y. dan), «Vanguardia» («Ilgʻor», gaz., 1962-y. dan), «Venseremos» («Biz yengamiz», gaz., 1972-y. dan), «Viktoria» («Gʻalaba», gaz., 1967-y. dan), «Muxeres» («Ayollar», oylik jur., 1961-y. dan), «Xiron» (gaz., 1960-y. dan), «Eskambray» (gaz., 1979-y. dan) va b. Milliy axborot agentligi — hukumatning rasmiy agentligi, 1974-y. da tuzilgan; Prensa Lativa, Lotin Amerikasi axborot agentligi, 1959-y. da asos solingan, Ganavada joylashgan. Kuba radioeshittirish va telekoʻrsatuv in-ti davlat muassasasi boʻlib, u 1962-y. da tuzilgan, mamlakatdagi radioeshittirish (1922-y. dan boshlangan) va telekoʻrsatuvlarni (1950-y. dan boshlangan) nazorat qiladi. 1997 i. mamlakatda 5 milliy, 1 xalqaro, 14 viloyat va 31 munitsipal radiost-ya ishladi. Kuba televideniyesi Ganavada joylashgan.

Adabiyoti. S. Bilbaoning «Sabr koʻzgusi» dostoni (1608) Kuba adabiyotining birinchi mashhur asarlaridan sanaladi, unda mahalliy aholining turmushi aks ettirilgan. 18-a. boshlaridan kitob nashr etila boshlashi, Ganava un-ti ochilishi, davriy nashrlar paydo boʻlishi Kuba adabiyotining rivojlanishiga yordam berdi. 18-a. oxirlarida Fransiyadagi burjua inqilobi va Shim. Amerikadagi mustaqillik uchun urushlar taʼsirida Kuba yozuvchilari (M. de Sekeyra-i-Arango, M. X. de Ruvalkana, B. P. Ferrer va b.) Ganava vatanparvar jamiyati (1793) atrofiga toʻplanib, maʼrifatparvarlik gʻoyalarini targʻib qildilar. 17—18-a. larda kreol va negr xalqi sheʼriyati rivojlandi. 19a. da romantizm yoʻnalishida, mustamlakachilikni qoralash ruhida asarlar yaratildi. X. Marti «Urush shoirlari» kitobida shoirlarning vatanparvarlik ruhidagi sheʼrlarini toʻpladi. Romantik prozaga X. A. Echeverria asos soldi. S. Vilyaverde, R. Mesa, N. Eredia romanlarida realistik tamoyillar aks etdi.

Zavonaviy ilgʻor adabiyotga asos solgan X. Marti ijodi inqilobiydemokratik romantizmdan realizmga rivojlanib bordi. Uning «Erkin sheʼrlar», «Oddiy sheʼrlar» turkumlariga kiritilgan sheʼrlari mustamlakachilikka vafrat, erksevarlik ruhi bilan sugʻorilgan edi. Ispaniyaga qarshi urush (1895—98) taʼsirida ijtimoiy sheʼriyat vujudga keldi. R. E. Boti, A. Akosta ishqiy lirikaga murojaat qilishdi. R. Pedroso, M. Vanarro Luva va b. shoirlar oʻtkir ijtimoiy mavzularni qalamga oldilar. 1920-y. lar oxirida X. S. Talyet va R. Girao Afrika-Kuba poeziyasi (negr folklori va raqslari zaminida asar yaratish)ga asos soldilar. Lotin Amerikasi adabiyoti tarixida A. Karpentyer ijodi katta oʻrinni egallaydi. Uning «Aroziy saltanat», «Yoʻqolgan izlar», «Maʼrifat asri» romanlari mashhur. Isteʼdodli shoir N. Gilyenning adabiy faoliyati 30-y. lar avvalida boshlandi. Kubaning zavonaviy adabiyotida shoirlardan A. Auxyer, F. Hamis, R. Retamar, prozachilardan X. Poʻng, S. Mante, M. Kofinyo va b. barakali ijod qilmokdalar.

Kuba adiblaridan Baragonyo Xosening «Pentagonda», Gilyen Nikolasning «Ballada», Kostelyanos Xesusning «Bayroq», Vanarro Luva Manuelning «Biz yengamiz», Hamis Fayyatning «Ozodlik uchun» kabi asarlari oʻzbek tili ga tarjima qilingan.

Meʼmorligi. Qishloq joylarda indeyslar sinchli kulbalar («boyo»), qoziqoyoqlar ustiga omborlar qurishi 20-a. gacha davom etdi. 16-a. da Ganava, Santyago-de-Kuba, Trinidad va b. shaharlar qurildi. Ularda salobatli binolar, toʻgʻri koʻchalar, markaziy maydonida cherkov va ratoʻshalar barpo etildi. 18-a. da binolar ispancha va me-sikacha barokko hamda klassitsizm uslubida kolonnalar, ravoklar, rangdor naqshlar b-n bezatildi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida Ganava va Trinidad ning bosh maydonlarida meʼmorlik majmualari paydo boʻldi. 20-a. boshlarida Gavanada eklektika ruhida va modern uslubida, 1920—30 y. larda Yevropa va Amerika zamonaviy meʼmorligi uslubida koʻp qanatli binolar qurila boshladi (Telefon kompaniyasining binosi, Milliy Kapitoliy, Nafis sanʼat saroyi va b.). 1960-y. lardan bir xil koʻrinishdagi ommaviy turar joylar qurish avj oldi. Yangi uy-joy dahalari qurildi. Soʻnggi yillarda keng xiyobonlar va temir-betondan koʻp qanatli zavonaviy uylar barpo etildi. Bunday uylarning yon-atrofida maktablar, bolalar bogʻchalari, savdo va madaniy markazlar, sport maydonchalari, suv havzalari va gulzorlar paydo boʻldi. Sanoat va transport in-shootlari, oʻquv binolari, kasalxonalar, tibbiyot markazlari, poliklinikalar, sport majmualari va dam olish zonalari qurildi. Kuba meʼmorlari orasida mashhurlari: R. M. Franko, F. Salinas, R. Porro va b.

Tasviriy sanʼati. Indeyslarning kad. sanʼati namunalaridan gʻorlardagi suratlar, sopol idishlar, yogʻoch va toshdan ishlangan sanamlar saqlangan. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida diniy mavzudagi rasmlar va tarixiy voqea manzaralari, mashhur arboblarning portretlari, xalq turmushini ifodalovchi suratlar dunyoga keldi. X. N. dela Eskalera, V. Eskobar, X. B. Vermay, V. P. de Landaluse, F. Miale kabi rassomlar xalq turmushiga xos manzaralarni tavsirladilar. Mamlakat Ispaniya zulmidan qutulgandan keyin tarixiy voqealar, jangu jadallar tasvirlangan vatanparvarlik ruhidagi suratlar koʻpaydi. Haykaltaroshlikda ham realizm, millat turmushiga eʼti-bor namoyon boʻldi (X. Sikre, T. Ramos Blanko, E. Betankur). Novator rassomlar V. Garsia, A. Gattorno, X. Arche, E. Avela, K. Enrikes va b. xalq turmushini zoʻr ehtiros bilan tasvirladilar. Keyingi yillarda umumlashma ramziy obrazlar yaratishga intiluvchi K. Gonsales, A. Posse, S. Moreno, A. Benites kabi rassomlar tarixiy va zamonaviy mavzularda asarlar yaratdi.

Musiqasi Yevropa, birinchi navbatda, Ispaniya va Afrika musiqasi asosida tarkib topdi. Afro-Kuba musiqasida ispancha ohanglar negrcha raqs bilan uygʻunlashgan. 16—18-a. larda cherkov xonishchilar maktablari musiqa madaniyatining rivojlanish markazi boʻlgan. 1776-y. Ganavada «Koliseo» teatri qurildi. 1816-y. «Santa Sesiliya» musiqa akademiyasiga asos solindi. 19-a. boshlarida Kuba xalq musiqasi janrlari va milliy mavzular bilan bogʻliq opera-buffa shakllandi. 19-a. oʻrtalarida milliy kompozitorlik maktabi vujudga keldi. 1898-y. E. Sanches de Fuentesning milliy mavzudagi birinchi operasi —«Yumuri» sahvalashtirildi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida klassik va xalq musiqasi jamiyatlari, Gavana konservatoriyasi va simfonik orkestrlar paydo boʻlib, kompozitorlik ijodiyoti ravvak, topdi. Kuba inqilobi (1959) dan soʻng ijodiy jamoalar qayta tuzilib, yangilari tashkil etildi, ommaviy ashula janri rivojlandi. A. D. Kartaya «26-iyul marshi»ning matnini va musiqasini yaratdi. Kompozitorlardan N. Rodriges, K. Puebla, K. Farinyas, T. Kastelyanoslar mashxur boʻldi. Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgan Xalqaro simfonik musiqa va «Ilhom-XX» kamer musiqa festivallarida Kuba kompozitorlarining asarlari ham ijro etilmokda.

Teatri. Kubada qadimdan indeyslarning areito deb ataladigan teatr tomoshalari koʻrsatib kelingan. 16-a. da teatr sanʼati ispan diniy teatri taʼsirida rivojlandi. 17-a. da dastlabki dunyoviy teatr truppalari vujudga keldi. 18-a. ning 1-yarmida kubalik muallifning (S. Pite deb taxmin qilinadi) «Shahzodabogʻbon yoki soxta Kloridano» degan dastlabki asari paydo boʻldi. 1838-y. Ganavada 3 ming oʻrinli «Takon» teatri ochildi. Unda drama, opera va balet spektakllari qoʻyildi. 1910-y. da teatr jamiyati tuzildi, jur. lar nashr etildi, yangi truppalar, jumladan, «Kueva» teatri (1936) tashqil topdi. 1941-y. Ganavada aktyorlar va rej. lar tayyorlash uchun Dramatik sanʼat akademiyasi va Gavana un-ti qoshida teatr maktabi ochildi. 40—50y. larda P. Alfonso, K. Felipe va b. dramaturglar turli mavzularda asarlar yaratdi. Teatrlarning repertuarlaridan jahon mumtoz dramaturgiyasining namunalari oʻrin oldi. Gavanada Kuba milliy teatri (1959), Eksperimental teatr (1961), Milliy qoʻgʻirchoq teatri (1963), Teatr uyi (1964), Bolalar va oʻsmirlar birlashgan milliy teatri (1966) bor. Ular milliy dramaturglardan V. Pinyera, X. Triana, A. Estorino, R. Ferrer, E. Kintero pyesalarini, jahon klassikasi asarlarini sahnalashtirgan.

Kinosi. Kubada kinoxronika va hujjatli filmlar 1897-y. dan suratga oliva boshlagan. 1910—20 y. larda rej. lardan E. D. Kesela va R. Peon muntazam kino i. ch. ga asos soldilar. 30—40-y. larda ayrim kinofilmlardagiva Kuba hayoti koʻrsatildi. Ekranlarda, asosan, AQSH kinofilmlari namoyish etildi. 1959-y. Ganavada Kuba kino sanʼati va kino sanoati in-ti barpo etilgandan keyingi va chinakam milliy kino sanʼati vujudga keldi. Koʻpgiva hujjatli filmlarning rej. lari S. Alvares, X. Espinosa, T. Alea, A. Roldan badiiy kinematografiyaning yetakchi arboblari boʻlib qolishdi. Multiplikatsi-on filmlar i. ch. rivojlandi. Kubada 450 dan ortiq kinoteatr bor. 1961-y. dan «Sine Kubano» («Kuba kinosi») jur. nashr etildi. Keyingi yillarda «Xuan Kinkin sarguzashtlari» (rej. X. G. Espinosa), «Lyusiya» (rej. U. Solas), «Melya» (rej. E. P. Barnet), «Rancheador» (rej. S. Xiral) va b. kartivalar tomoshabinlarga manzur boʻldi. Ganavada Lotin Amerikasi kinosi xalqaro festivali oʻtkazib turiladi.


Lotin alifbosida maqola: KUBA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
ROSSIYA
FRANSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты