KUBIZM

KUBIZM (kub soʻzidan) — Yevropa tasviriy sanʼati (koʻproq rangtasvir) dagi modernistik oqim; 20-a. 1-choragida yuzaga kelgan. Dastlab Fransiyada paydo boʻlgan (1908—10). Kubizm sanʼatning realistik anʼanalaridan voz kechib, hajmli shakllarni loyihalash vazifasini birinchi oʻringa qoʻyadi. Namoyandalari P. Pikasso, J. Brak, X. Gris, J. Gri va b. Narsalar dunyosi handasiy hajm (kub, shar, silindr, konus)larning oddiy majmui koʻrinishlarida tasvirlanadi. Tekis yuzada zich joylashgan qirrali hajmlar relyefga oʻxshab ketadigan shakl hosil qiladi, bunda ranglar ayrim qirralarni ajratib shaklni maydalabkoʻrsatadi. P. Pikassoning dramatik butunlikkacha koʻtarilgan asarlarida Kubizmning hissiy obrazli xususiyatlari koʻzga tashlanadi. Koʻplab yirik realist rassomlar D. Rivero, R. Guttuzo va boshqalar Kubizm taʼsirini yengib oʻtgan.

Kubizm oʻzidan keyingi formalistik oqimlarga taʼsir etgan (koʻp holdarda abstrakt sanʼatta oʻtish bosqichini oʻtagan).


Lotin alifbosida maqola: KUBIZM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
YER
YAPONIYA
YUNONISTON
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты