KUZNESK KOʻMIR HAVZASI

KUZNESK KOʻMIR HAVZASI, Kuz base — Rossiyadagi yirik koʻmir havzalaridan biri. RFning Kemerovo viloyatida Kuznesk soyligi hududida joylashgan. Umumiy mayd. 70 ming km2, shundan koʻmir qatlamliligi 26,7 ming, km2. Geologik tuzilishiga koʻra, yuqori paleozoy, mezozoy va kaynozoy erasi choʻkindi jinslaridan tashqil topgan. Koʻmirli yotqiziqlar toshkoʻmir, perm, trias, yura, boʻr davrlarida hosil boʻlib, qavatmaqavat joylashgan qumtosh, alevrolit, argillit va koʻmir qatlamlaridan iborat. Yuqori toshkoʻmir davri yotqiziqlari ostrogek svitasi deb atalib, unda 3 ta koʻmir qatlami, quyi perm balaxonsk svitasida 64 ta koʻmir qatlami bor. Yuqori perm yotqiziqlari esa 3 svitaga boʻlinadi (pastdan yuqoriga): Kuznesk svitasida 6 koʻmir qatlami, ilinsk svitasida 64 koʻmir qatlami va yeruvakovsk svitasida 105 koʻmir katlami bor. Quyi yura — konglomerat svitasida 19 koʻmir qatlami mavjud.

Sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan koʻmir qatlamlari faqat balaxonsk, yeruvakovsk va konglomerat svitalarida (qalinligi 10—15 m) uchraydi. Koʻmirning tarkibida 4—9% kul, 0,3—0,65% oltingugurt, 4—45% uchuvchi gazlar bor. Balaxonsk svitasidagi koʻmir koks sanoati va energetikada ishlatiladi. Konglomerat svitasidagi koʻmirdan esa energetika va kimyo sanoatida foydalaniladi. Kuznesk havzasini qurshab olgan togʻ tizmalarida temir va polimetall konlari bor.


Lotin alifbosida maqola: KUZNESK KOʻMIR HAVZASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
PALEOZOY ERATEMASI
PERM SISTEMASI
TRIAS SISTEMASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты