MEVA SHARBATI

MEVA SHARBATI — meva va sabzavotlardan olinadigan shirin suyuklik; meva suvi. Asosan, olma, uzum, shaftoli, olxoʻri, oʻrik, anor, sabzi va b. dan olinadi. Meva sharbatining 2 xil: tiniq va meva eti bilan tayyorlanadigan turlari ishlab chiqariladi. Eti bilan tayyorlanadigan Meva sharbatiga oʻrik, shaftoli, ol-xoʻri va b. sharbati kiradi. Sanoatda 2 yoki bir necha xil mevasabzavotlar sharbatlari aralashmasidan iborat boʻlgan omixta (aralash) sharbatlar ham ^ishlab chiqariladi. Meva sharbatining tabiiy (qand qoʻshilmagan) va 5—15% qand qoʻshilgan xillari bor. M. sh. da meva va sabzavotlar tarkibidagi barcha foydali oziq moddalar (qand, organik moddalar, kislotalar, vitaminlar, mineral tuzlar, pektin, klechatka va xushboʻy moddalar) boʻlib, taʼmi saqlanadi. Meva sharbati tarkibida: 5—15% qand, 0,3—3,0% organik kislotalar, turli vitaminlar, mineral tuzlar va b. bor. Meva sharbati chaykov bosuvchi spirtsiz ichimliklar, sirop (shirin suv), likyor va b. tayyorlash uchun ishlatiladi.

Meva sharbati olish uchun meva yoki sabzavot avval maxsus mashinalarda yoki dush ostida yuviladi. Soʻngra shnekli isitkichlarda sterillangach, ketma-ket oʻrnatilgan ikkita tozalash mashinasiga tushadi. Birinchi mashinada danagi, urugʻi, poʻstlogʻidan tozalanib, massaga aylantiriladi. Ikkinchi mashinada massa diametri 0,5 mm li teshiklardan oʻtkaziladi. Baʼzi Meva sharbati maxsus idishlarda qandli sirop bilan aralashtiriladi. Sentrifugada sharbat oxirgi qoldiq — yirik fraksiyalardan tozalanib, gomogenizatorda sof Meva sharbatiga aylantiriladi. Nihoyat sharbat qizdirilib (50—60°), deaeratsiya qilinadi (tarkibidagi kislorodi ketkaziladi), idishlarga solinib, pasterizatsiya qilinadi. Meva sharbati potok liniyalarda olinadi. Maxsus meva sharbatini oladigan presslar mavjud. Meva sharbatini uy sharoitida ham tayyorlash mumkin.

Olimjon Alimov.


Lotin alifbosida maqola: MEVA SHARBATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
TOSHKENT
VINOCHILIK
OVQATLANISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты