MEVALI OʻSIMLIKLAR

MEVALI OʻSIMLIKLAR — meva beradigan yovvoyi va ekib ustiriladigan oʻsimliklar. M. oʻ. dan meva, rezavor va yongʻoqlar olish uchun ekib ustiriladigan madaniy oʻsimliklar muhim ahami-yatga ega. Ekib ustiriladigan Mevali oʻsimliklarning 32 botanik oilaga mansub 200 ga yaqin turi maʼlum.

Mevali oʻsimliklar quyidagi asosiy guruhlarga boʻlinadi: urugʻlilar (urugʻli meva daraxtlari): olma, nok, behi, doʻlana, irgʻay, mushmula, chetan va b. ; danaklilar (danakli meva daraxtlari): oʻrik, shaftoli, gilos, olcha, olxoʻri, togʻolcha, qizil vab. ; yongʻoqmevalilar (bodom, yongʻoq, pekan, lista, leshchina, funduk, kashtan va b.); sub-tropik oʻsimliklar (anjir, anor, xurmo, avakado, zaytun, apelsin, feyxoa, limon, mandarin, greypfrut va b.); tropik oʻsimliklar (banan, ananas, mango, papayya), rezavor mevalilar (yertut, qulupnay, malina, maymunjon, smorodina, krijovnik); chirmashib oʻsuvchi (liana) Mevali oʻsimliklar sifatida tok keng tarqalgan. Mevali oʻsimliklarning barchasi — koʻp yillik, koʻpchiligi bargini toʻkadi va ayrimlari doim yashil (mas, feyxoa, sitruslar). Mevali oʻsimliklar moʻtadil, subtropik va tropik mintaqalarda (60° shim. kenglikdan 60° jan. kenglikkacha) ustiriladi. Olma, nok, sitruslar, banan, mango, finikiya xurmosi eng koʻp ekiladi. Oʻzbekistonda mevali va rezavor mevali oʻsimliklarning 70 turi usadi, 20 turi ekiladi. Mevali oʻsimliklar mevasi tarkibida qand (fruktoza, saxaroza, glyukoza), kraxmal, yogʻ, oqsillar, vitaminlar, mineral moddalar bor. M. oʻ. oziq-ovqat sifatida pishib yetilganidan keyin isteʼmol qilinadi.

Ad.: Ribakov A. A., Ostrouxova S. A., Oʻzbekiston mevachiligi, T., 1967; Pomologiya Uzbekistana, T., 1987.


Lotin alifbosida maqola: MEVALI OʻSIMLIKLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BOGʻDORCHILIK
MADANIY OʻSIMLIKLARNING KELIB CHIQISH MARKAZLARI
Tushda xurmo, xurmo mevasi | Тушда хурмо, хурмо меваси
Tushda xurmo, xurmo mevasi | Тушда хурмо, хурмо меваси
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты