KULIKOVO JANGI

KULIKOVO JANGI — Nepryadva va Don daryolari oraligʻida joylashgan Kulikovo maydonidagi jang (1380-y. 8 sent.). Bu jang Moskvaning buyuk knyazi Dmitriy Ivanovich (1350—89) boshchiligidagi rus polklari bilan Oltin Oʻrda tumanboshisi Mamay rahbarligidagi moʻgʻul qoʻshinlari oʻrtasida boʻlgan. Kulikovo jangida koʻplab rus knyazlari oʻz jangchilari bilan qatvashgan (taxm. 150 ming kishi). Avval boshda moʻgʻul qoʻshini ruslarni iskanjaga olib, ularni cheki-nishga majbur qilgan. Rus polklarining yarmi jangda qirilib ketgan. Vo-lin voyevodasi Bobrok va Vladimir Andreyevich (Dmitriyning birodari) qoʻmondonligida zahirada turgan polk pistirmadan chiqib, moʻgʻullar ustiga qoʻqqisdan tashlanishi jang taqdirini hal etgan. Bu jangda ruslar moʻgʻullarni ularning oʻz usuli bilan magʻlub qilgan. Mamay asosiy kuchlarini olib chekinishiga toʻgʻri kelgan. Kulikovo jangida har ikki tomondan 200 ming kishi halok boʻlgan. Rus qoʻshinlariga qoʻmondonlik qilgan buyuk knyaz Dmitriyga — Donskoy, Vladimirga — Xrabriy (Jasur) nomi berilgan. Biroq, oradan ikki yil oʻtgach, Oltin Oʻrdaning yangi xoni Toʻxtamish qiyinchiliksiz Moskvani egallagan va rus knyazlarini yava so-liq (oʻlpon) toʻlashga majbur qilgan.

Ad:. Grekov B. D., Yakubovskiy A. Yu., Oltin Oʻrda va uning qulashi, T., 1956; Abduraimov M., Temur va Toʻxtamish, T., 2000.


Lotin alifbosida maqola: KULIKOVO JANGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
MOʻGʻULLAR ISTILOSI
HARBIY SANʼAT
KALKA JANGI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты