KULTIVATOR

KULTIVATOR (lot. cultivo — ishlov berish, chopiq qilish) — shudgorda tuproq qatlamini agʻdarmay yumshatish, begona oʻtlarni yoʻqotish, chopiq qilivadigan ekinlarning qator oralariga ishlov berish, oʻsimliklarni mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirish, niholdarni yaganalash va egat ochishga moʻljallangan q. x. quroli. Vazifasiga koʻra, yoppasiga ishlaydigan, chopiq qiladigan, oziklantirgich-K., muayyan ishlarni bajaradigan maxsus Kultivator larga; trak-torga qoʻshilishiga koʻra, tirkama va oʻrvatma Kultivator larga boʻlinadi. Har qanday Kultivator rama, osish mexanizmi (oʻrvatma Kultivator uchun) yoki tirkash qurilmasi (tiralma Kultivator uchun), ish organlari, ish organlarining ishlash chuqurligini rostlash va ularni koʻtarish mexanizmlari, ta-yanch gʻildiraqlardan iborat. Kultivatorga uning vazifasiga qarab quyidagi ish organlari oʻrvatiladi (1rasm). Kultivatorning aso-siy ish organi panja hisoblanadi. Yoppasiga ishlaydigan Kultivator shudgorda begona oʻtlarning ildizini qirqish, ekish oldidan tuproqni 12 sm gacha chu-qurlikda yumshatish uchun qoʻllaniladi. Chopiq qiladigan Kultivator qator oralarini ishlash, ekinlarni sugʻorish uchun egatlarni ochish, qatorlarga mineral oʻgʻitlar solish ishlariga moʻljallangan. Kultivator oziqlantirgich ekin qator oralarini ishlash (yumshatish, oʻtoq qilish va b.) bilan birga oʻsimliklarning oʻsish davrida mineral-organik oʻgʻitlar solishda qoʻllaniladi. Maxsus Kultivatorga begona oʻtlarning poyasi, ildizi va urugʻlarini yonuvchi gazlarning alangasi hamda issiqligi bilan kuydirib yoʻqotadigan olovli Kultivator, tuproq qatlamini agʻdarmasdan chuqur yumshatadigan yotiq kesuvchi1-rasm. Kultivatorning ish organlari: a — bir yoklama yassi (yotiq) kesuvchi panja; 6 — yassi kesuvchi oʻq yoysimon panja; v — universal oʻq yoysimon panja; g — yumshatuvchi vayzasimon panja; d — yumshatuvchi iskana-simon panja; ye — yumshatuvchi aylantirma panja; j — okuchnik; z — six (igva)li disk.

Kultivator, shudgorni begona oʻtlardan xoli qi-ladigan oʻtoq Kultivator, qator oralari 4—10 m li bogʻlar tuprogʻini 14—20 sm chu-qur yumshatadigan bogʻbop keng kamrovli Kultivator, shudgorda tuproqning yuza qat-lamini 10—15 sm chuqurlikda kesib, oʻzining ustki gʻilofiga urib maydalab yumshatadigan frezali Kultivator, chopiq qilinadigan ekinlarning qator oralarini aylanadigan frezalar bilan yumshatadigan frezali chopiq Kultivator va b. kiradi.

Paxtachilikda KRX-4, KRT-4, KRX3,6, KXU-4A, KXO-3,6/4,2, KXO-5,4 va b. kultivator-oziklantirgichlar ishlatiladi. Oʻzbekistonda «Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding» kompaniyasi gʻoʻza va boshqa q. x. ekinlariga moʻljallangan Kultivatorning bir necha modifikatsiyasini ishlab chiqarmoqda. KXU-4A; KXO-3,6/4,2; KXO-5,4; KOV-4 va b. KXU-4A modifikatsiyasi (2-rasm) paxtachilikka moʻljallangan 4 qatorli universal Kultivator boʻlib, ekinning qator oralariga ishlov beradi, begona oʻtlardan tozalaydi, tuproqni yum-shatadi, joʻyaklar oladi, qator oralariga oʻgʻit tashlab ketadi. Bu K. dan gʻoʻzadan tashqari kanop, makkajoʻxori va b. uzun poyali ekinlarni oʻgʻitlashda ham foydalanish mumkin. Kultivatorga PRX-4 ro-tatsion ish organi boʻlgan moslama oʻrvatib 60 va 90 sm qator oraligʻida ekilgan goʻzalarga tasma usulda ishlov berish mumkin. Moslama katorga yaqin yerni yumshatadi. Bunday Kultivator 40 — 70 kVt quvvatli traktorlarga agre-gatlanadi. KXO-3,6/4,2 va KXO-5,4 modifikatsiyadagilari gʻoʻza, makkajoʻxori, pomidor, piyoz, sabzi, turp, kartoshka va b. ekinlarning oʻsish davrida bir yoʻla 6 qator oralariga ishlov beradi (oʻtoq qiladi, tuproqni yumshatadi, egat ochadi, qator oralariga oʻgʻit soladi). Bunday Kultivator 70— 100 kVt kuvvatli traktorlarga agregatlanadi. piyoz, sabzi, turp, kartoshka va b. sabzavot ekinlarini oʻsish davrida qator oralarini oʻtoq qiladi, yerini yumshatadi, egat ochadi, oʻgʻit soladi.

Bunday Kultivator 40—70kVt kuvvatli traktorga agregatlanadi.


Lotin alifbosida maqola: KULTIVATOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MINERAL
OʻSIMLIKLARNI HIMOYA QILISH
MINERAL OʻGʻITLAR
BORONA
BEGONA OʻTLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты