MELIORATIV RAYONLASHTIRISH

MELIORATIV RAYONLASHTIRISH — yer va suv resurslaridan unumli foydalanish maqsadida melioratsiya obyekti (hududi — vodiy, voha, xoʻjalik)ni iqlim, tuproq va gidrogeologik sharoitlarga koʻra, region, oblast, zona, r-n va kichik r-nlarga boʻlish. M. r. tabiiy sharoitlarning xususiyatlari va xoʻjalik yuritish ahvolining aks taʼsirini nazarda tutgan holda yerlarning meliorativ holati koʻrsatkichlarini atroflicha oʻrganishga asoslanadi. Keyingi 20—35 y. ichida tuproq-meliorativ va gidrogeologik-meliorativ rayonlashtirish uslubiyati (B. Fedotov. M. Pankov, L. Rozov, V. Kovda, D. Kas, M. Krilov, N. Hojiboyev va b.) ishlab chiqildi. Sugʻorma dehqonchilik r-nlaridagi tajribasugʻorish st-yalari va ilgʻor xoʻjaliklarda oʻtkazilgan koʻp yillik tadqiqotlar asosida gidromodul boʻyicha rayonlashtirish usullari ham ishlab chiqilgan (V. Legostayev, B. Konkov, B. Fyodorov va b.). Alohida xoʻjalik dalalari va yer massivlari boʻyicha Meliorativ rayonlashtirish agromeli-orativ rayonlashtirish deyiladi. Umumiy majmuada gidrotexnik melioratsiyaning fundamental ahami-yati, ularning melioratsiya obyektining gidrologik va tuproq sharoitlariga taʼsir etish xususiyatlari takso-nomik birliklar (meliorativ oblast, r-n, kichik r-n, uchastka)ni ajratish uchun asos boʻladi; ularning doirasida meliorativ majmuaning tabaqalashtirilgan parametrlari (shoʻr yuvish va sugʻorish normalari, suv berish texnikasi elementlari, drenaj tipi va uning jadalligi va b.) meliorativ holat koʻrsatkichlarini boshqariladigan tartibga solishni va optimal meliorativ rejimni taʼminlaydi. Sugʻoriladigan yerlarni r-nlashtirishda sizot suvlarning oqib chiqishining gidrogeologik sharoitlari katta ahamiyatga ega. Shunga koʻra, sizot suvlari yetarli darajada va kuchsiz oqib chiqib ketadigan, amalda chiqib ketmaydigan meliorativ zonalarga boʻlinadi. Sugʻoriladigan vohalar va zaxi qochiriladigan maydonlar geomorfologik tuzilishining oʻziga xosligi, gidrogeologik, tuproq jarayonlari sharoiti, yoʻnalishi alohida axdmiyatga ega.

Litologomorfologik, gidrogeologik va tuproq sharoitlari turlicha boʻlgan katta xududni Meliorativ rayonlashtirishda bir zona ichida bir nechtadan meliorativ oblastlar, r-nlar, bir necha kichik r-nlar boʻlishi mumkin. Mas, Qarshi choʻlini Meliorativ rayonlashtirishda 2 ta zona (boʻz va choʻl), 6 ta meliorativ oblast, 15 ta r-n, 31 ta kichik r-n farqlangan (M. M. Rasulov, 1976). Sugʻoriladigan yerlarni Meliorativ rayonlashtirishda qoʻllaniladigan tadbirlarni belgilashda yerdan foydalanish koeffitsiyenti ham hisobga olinadi.

Meliorativ rayonlashtirishda har bir meliorativ oblast, r-n, kichik r-n va ulardagi tuproq guruhi uchun tavsiya etiladigan tadbirlar turi, tarkibi va koʻlami obyektning tabiiy hamda irrigatsion-xoʻjalik sharoitlarini atroflicha xisobga olinib belgilanadi. Meliorativ rayonlashtirish bajariladigan ishlarning texnik yechimi uchun ilmiy asos boʻladi.

Abdurahim Ermatov, Ziyomiddin Artukmetov.


Lotin alifbosida maqola: MELIORATIV RAYONLASHTIRISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
GEOGRAFIYA
TOSHKENT
MELIORATSIYA
GIDROMODUL BOʻYICHA RAYONLASHTIRISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты