MERKAPTANLAR

MERKAPTANLAR (tiollar) – vodorod sulfidning organik hosilalari. Umumiy formulasi RSH, bu yerda R — uglevodorod radikali, Merkaptanlarning metilmerkaptan (SN3—SH), etilmerkaptan (S5N5—SH) va b. turlari bor. M. qoʻlansa hidli, gazsimon, suyuq va qattiq moddalar. Suvda yomon, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Merkaptanlar tabiatda oqsillarning chirishidan hosil boʻladigan mahsulotlarda uchraydi. Merkaptanlar merkaptid tuzlarini hosil qiladi, mas, simob merkaptid (RS)2 Hg (M. ning nomi shundan olingan, lot. mercurum captaus — bogʻlovchi simob). Merkaptanlar va hosilalari (tuzlari, sulfidlari va disulfidlari) tabiiy va sintetik kauchuklarni vulkanizatsiyalashda, baʼzi dorivor moddalar va insektitsidlarni sintez qilishda qoʻllanadi. Toʻyingan uglevodlarning galogenli hosilalariga natriy yoki kaliy gidrosulfid taʼsir ettirib olinadi.


Lotin alifbosida maqola: MERKAPTANLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



NATRIY
YER
SIMOB
KIMYO
VODOROD


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты