METALLIDLAR

METALLIDLAR, metall birikmalar, intermetall birikmalar, intermetall fazalar, oraliq fazalar — metallarning bir-biri bilan hosil qilgan birikmalari. Oraliq metallarning baʼzi bir metallmaslar (N, V, S, N, R, O va b.) b-n hosil qilgan birikmalari ham Metallidlar jumlasiga kiritiladi. Metallidlar (mas, Mg2Sn, AlSb) tarkibiga koʻra, metallarning vodorodli birikmalariga, mas, qalay (P) gidrid H2Sn va surma (III) – gidrid H3Sb ga oʻxshaydi. Lekin koʻpgina Metallidlarning tarkibi odatdagi valent nisbatlarga toʻgʻri kelmaydigan formulalar bilan ifodalanadi. Metallidlar juda qattiq va moʻrt, metallarning xossalariga ega, jumladan, elektr oʻtkazuvchan boʻladi. Metallik xossalari, odatda, tarkibida metallarga boy birikmalar — quyi karbidlar, nitridlar, sulfidlar, oksidlar va b. kuchliroq namoyon boʻladi. Metallidlar issiqbardosh qotishmalar, mustahkam konstruksiyey materiallar, topografik krtishmalar va b. tayyorlashda qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: METALLIDLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
KARBIDLAR
QATTIQ JISM
KIMYO
NITRIDLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты