METOD (yun. metodos — bilish yoki tadqiqot yoʻli, nazariya, taʼlimot) — vo-qelikni amaliy va nazariy egallash, oʻzlashtirish, oʻrganish, bilish uchun yoʻlyoʻriklar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli.
Metodning kelib chiqish tarixi kishilarning amaliy faoliyatiga borib taqaladi. Biror ishni bajarish Metod ini egallagan kishi shu ishni boshqalarga nisbatan oson, tez va soz bajara oladi. Metodni egallamagan inson esa bu ishni bajarish uchun koʻp vaqt va kuch sarflaydi. Metod oʻz mazmuni jihatidan amaliy yoki nazariy shaklda boʻlishi mumkin. Insonning amaliy faoliyatiga oid Metodlar ham voqelikka xos boʻlgan qonuniyatlarni anglab yetish, bilib olishga borib taqaladi. Metodlar haqidagi taʼlimot fanda metodologiya deb ataladi. Inson dastlab atrofdagi narsa va hodisalarni kuzatish, ularni bir-biriga taqqoslash, oʻxshatish, farq qilish asosida voqelik haqida bilimlarini toʻplab borgan. Voqelik haqidagi fanlar rivojlanishi bilan fanlarda qoʻllaniladigan yoʻl-yoʻriqlar, Metodlar ham takomillashib borgan. Fanning amaliy (empirik) va nazariy Metod lari vujudga keldi.
Fan M. larining asosiy mazmunini amaliyotda sinalgan ilmiy nazariyalar tashkil etadi. Har qanday ilmiy nazariya mohiyati jihatidan Metod funksiyasiga egadir. Metod, oʻz navbatida, yangi ilmiy nazariyalar va qonuniyatlarning ochilishiga vosita boʻladi. Shu nuqtayi nazardan Metod b-n ilmiy nazariya funk-siyasiga koʻra, bir-biridan farq qiluvchi ilmiy amal hisoblanadi.
Falsafa va fanlar tarixida ilmiy Metodning mohiyatini tadqiq etish, yangi-yangi Metodlarni kashf etish alohida ahamiyatga egadir. Har qanday bukj ilmiy kashfiyotlarga nisbatan olimning biror yangilikni kashf qilishda qoʻllagan ilmiy Metodi koʻproq ahamiyatga egadir, chunki boshqa kashfiyotchilar ham shu olim qoʻllagan ilmiy Metodga tayanib koʻplab kashfiyotlarni ochishi mumkin.
Bilish Metodlari voqelikni qamrab olishi jihatidan 3 turga boʻlinadi: yalpi umumiy bilish Metodlari — hamma fanlarda va bilishning barcha bosqichlarida ham koʻllaniladigan umumiy va universal Metodlar — metodologiya; umumiy bilish Metodlari — bir qancha yoki barcha fanlarda qoʻllaniladigan va bilishning muayyan bosqichi (empirik, nazariy yoki empirik bosqichdan nazariy bosqichga oʻtish chegarasi)da qoʻllaniladigan bilish Metod lari; xususiy yoki maxsus Metodlar — ayrim fan doirasida qoʻllaniladigan bilish Metod lari.
Oʻrta Osiyo olimlaridan Forobiy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino va b. fan Metod larini rivojlantirganlar. Xorazmiy olimlarni uchga boʻlib, ularning bir qismi ilmiy kashfiyotlarni ochishda qullaniladigan yoʻl-yoʻriq va usullarni ishlab chiqib boshqa olimlarning ilmiy izlanishlarini osonlashtiradi, deb yozganida, aynan shu Metodlarni ishlab chikuvchi olimlarni nazarda tutgan.
Yaqin davr Yevropa faylasuf olimlari ham Metod taraqqiyotiga salmoqli hissa qoʻshishdi. F. Bekon, G. Galiley, R. Dekart, G. Leybnis singari faylasuflar Metodlar haqida maxsus asarlar ham yozishdi.
Hoz. zamon fanlarida koʻplab umumiy, xususiy ilmiy Metodlar qoʻllaniladi. Ayniqsa, keyingi asrda modellashtirish va matematik Metod larning yangi shakllari rivojlandi, kibernetik modellashtirish va kompyuter modellashtirish Metodlari jamiyatning qariyb barcha sohalarida keng miqyosda qoʻllanilmoqda. Zamonaviy ilmiy M. lar tadqiqotchilarga dunyo sir-asrorlarini ochishda yordam bermoqda.
Baxtiyor Toʻrayev.