MEXANIKA [yun. mechanike (teche) — qurol, inshoot] — tashqi kuch taʼsirida jismning fazoda harakatlanishi va muvozanatini oʻrganish bilan shugʻullanadigan fan. Moddiy nuqta M. si, moddiy nuqtalar tizimi Mexanikasi, mutlaq qattiq jism M. si, gruntlar Mexanikasi va tutash muhit Mexanikasi kabi boʻlimlarga, bularning har qaysisi dinamika, kinematika va statika boʻlimlariga boʻlinadi. Mexanikaning mexanika qonunlarini amaliy masalalar — mashinalar, me-xanizmlar va b. inshootlar yasashga tatbiq qilish b-n shugʻullanadigan soxasi amaliy (tatbiqiy) Mexanika deb ataladi; inshootlar va ularning qismlarini mustahkamlik va ustuvorlikka hisoblash usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan sohasi qurilish M. si deyiladi.
Mexanika bilimlari kadimdan mavjud. Neolit va jez davrida gʻildirak maʼlum edi, bir oz keyin esa richag, polispast va b. qoʻllanilgan. Qadimgi (mil. av. 3-a.) Misr exrom (piramida) lari, Bobil, Xitoy, Xorazm, Sugʻdiyona va Eronda saqlanib qolgan suv inshootlari ularni qurishda richag, pona, qiya tekisliklardan foydalanilganligini koʻrsatadi. Oʻrta Osiyoda qadimdan charxpalak va chigʻirdan foydalanilgan.
Nazariy Mexanika dastlab Yunonistonda (mil. av. 6—5 a. larda) paydo boʻlgan deb hisoblanadi. «Mexanik muammolar» asari Mexanika boʻyicha yozilgan eng qad. asardir (mil. av. 3-a.). Bu asarning muallifi Aristotel, degan taxminlar bor. Statikaning geometrik yoʻnalishi Arximed (mil. av. 287—212-y.) nomi bilan bogʻliq. Geronnkng «Mexanika», «Pnevmatika», «Avtomatlar haqida», «Belo-poyika» degan asarlari tatbiqiy Mexanikaga oid. Kinematika qoidalarini ishlab chiqish bilan Yevdoks Knidskiy (mil. av. 4-a.), Platon, Arximed, Kalipi, Apolloniy, Pergayos, Gipparx, Ptolemey shugʻullangan.
Mexanika fanining bundan keyingi taraqqiyoti 9—12-a. larga toʻgʻri keladi. Bu davrda Sharq allomalari Banu Muso (aka-uka) lar, Sobit ibn Qurra, Abu Rayhon Beruniy, Abu Abdulloh Yusuf elXorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, alhaziniy, Axmad al-Fargʻ-oniy Mexanika taraqqiyotiga salmoqli hissa qoʻshganlar. Mexanikaning bu davrdagi taraqqiyoti — Aristotel, Geron, Arximedlarning asarlarini tarjima qilish va sharhlashdan boshlanadi. Abu Abdulloh Yusuf alXorazmiy «Fanlar kaliti» asarining 2 – kitobida Mexanikaga bir bob ajratilgan. Sobit ibn Qurra oʻzining «Karastun haqidagi kitobi»da tarozida tortish nazariyasini yoritgan. Beruniy, Umar Xayyom va al-Xoriniylar metall va qimmatbaho toshlar solishtirma ogʻirligini anikdash usullarini ishlab chiqqanlar. Ibn Sino «Donishnoma» asarining fizika boʻlimida qarakat haqida chuqur fikr bildirgan. Yulduzlar harakatini tushuntiruvchi kinematik modellar Sobit ibn Qurra, ibn Sino va Beruniyning koʻpgina risolalarida berilgan.
M. Yevropada Uygʻonish davrida yanada kuchli taraqqiy etdi. Bu davrda Mexanika fani oldiga koʻpgina yangi masalalar qoʻyildi, mas, jismning urilish kuchi, sna-ryadlarning uchish nazariyasi, kemalar chidamliligi, mayatniklar tebranishi va b. Nazariy Mexanikaning asosiy qonunlari ham xuddi shu davrda ishlab chiqildi va bunda Leonardo da Vinchi, N. Kopernik, I. Kepler, G. Galiley, I. Nyutonning oʻrni katta boʻldi. Nazariy Mexanikada moddiy obyektlar sifatida moddiy nuqta va mexanik tizimlar (mas, mutlaq qattiq jism) olinadi. Fazo, zamon va vakt, kuch va massa, inersial sanok sistemasi, oʻzgaruvchan tutash mu-hitlar haqidagi tushunchalar nazariy Mexanikaning asosiy tushunchalaridir. Galiley — Nyuton inersion qonuni, harakat tenglamasi (Nyutonning ikkinchi qonuni), taʼsir va aks taʼsirning tengligi haqidagi qonun (Nyutonning uchinchi qonuni) nazariy Mexanikaning asosiy qonunlari hisoblanadi. Bu qonunlardan mexanik sistema harakatini tekshirishda J. L. Lagranjnit birinchi va ikkinchi tur tenglamalari, U. R. Gamiltonnmt kanonik tenglamalari, Gamilton — Yakobi tenglamasi, Ap-pel tenglamalari, dinamikaning umumiy teoremalari chiqariladi. Shuningdek, K. F. Gaussshtt kichik yoʻnalishlar prinsipi, Gamilton, B. S. Yakobi, L. Eyler va Monertyunning variatsion prinsiplari Mexanikaning asosiy prinsiplaridir. Harakat ustuvorligi (turgʻunligi) nazariyasi osmon balli-stikasi va osmon Mexanikasi — nazariy Mexanikaning tatbiqiy ahamiyatga ega boʻlgan sohalaridir.
Harakat ustuvorligi nazariyasi avtomatik boshqarish texnikasi (samolyot va raketa, kosmik kemalar parvozini boshqarish) ning asosidir. Bu nazariya harakat ustuvorligi shartlarini, texnik tizimlar ustuvorligi xususiyatlarini oshirish yoʻllarini koʻrsatadi, osmon ballistikasida kosmik apparatlar harakatining t-rayektoriyasi hisoblab chiqariladi.
Amaliy (tatbiqiy) Mexanikada mexanik sistema harakatini boshqarish usullari nazariy Mexanikaning umumiy qonunlari va prinsiplari asosida koʻriladi, mexanik sistemaning tegishli xususi-yatga ega boʻlish yoʻllari aniqlanadi. Amaliy Mexanika boshqariladigan sistemalarni boshqarishda muhim rol oʻynaydi. Boshqarish obyekti sifatida mexanik xususiyatli obyektlar, mas, oʻziyurar va uchar apparatlar (kemalar, samo-lyotlar, raketa hamda vertolyotlar), turli mashinalar (stanoklar, turbinalar, elektr va elektron mashinalar, kuyish va prokat mashinalari) va sinaluvchi mexanik qurilmalar, rostlagichlar, reaktiv dvigatellar va b. koʻriladi.
Deformatsiyalanuvchi qattiq jismlar, gazeimon suyuq jismlar harakati tutash muhitlar Mexanikasida oʻrganiladi. Elastiklik va plastiklik nazariyasi, gidrodinamika va aeromexanika, gaz va toʻlqin dinamikasi tutash muhitlar Mexanika sining eng rivojlangan sohalaridir. Tutash muxitlar Mexanikasida qattiq jism, suyuklik va gazlarnnng strukturasi uzluksiz struktura deb, shuningdek, tutash muxit hajmining har bir elementi qoʻshni elementlar bilan oʻzaro taʼsirida boʻladi, deb qaraladi. Magnit gidrodinamikasp, aeroelastiklik nazariyasi va yorilish nazariyasi tutash muhitlar Mexanika sining sohalari hisoblanadi.
Mexanika koʻpgina muammolarni hal qilishda asosiy omil hisoblanadi. Ulardan baʼzilari: suvda katta (100 m/s va undan yuqori) tezlikda harakat qiladigan jismlarga qarshilik kuchini kamaytirish; t-rasi million gradusga yetadigan plazmalar yaratish va ularni saqlash; katta bosim hamda t-ralar taʼsiridagi materiallar Yaususiyatini, portlash kuchining inshootlariga taʼsirini aniqlash; havo aylanishi (sirkulyatsiya) ni tushuntirish; obhavoni oldindan aytish; oʻsimlik va tirik organizmlardagi mexanik jarayonlarni oʻrganish; oʻzgaruvchan massali jismlar Mexanikasi, kosmik parvozlar dinamikasi, plazmalarning magnit maydonidagi harakati va b. Yulduz evolyutsiyasi va Quyoshda sodir boʻlayotgan hodisalar bilan bogʻliq masalalarning koʻpchiligi klassik mexanika sohalarida, mas, kvant M., statistik fizika, elektrodinamika va b. da qaraladi.
Katta tezlikda harakatlanayotgan sistemaga oid hodisalarni klassik Mexanika qonuniyatlari asosida tushuntirib boʻlmaydi. Bu hodisalar A. Eynshteynning relyativistik Mexanikasida qaraladi. Atom va yadrodagi hodisalar kvant Mexanikada berilib, unda mexanik masalalarni matematik masalalarga keltirish usullari koʻriladi. Lekin Mexanikaning har qanday masalasini matematika yoʻli bilan hal etib boʻlmaydi. Bunday hollarda masalalar har xil mexanik gipoteza va intuitsiyalar asosida takriban yechiladi. Mexanika fani taʼsirida matematikaning qator sohalari taraqqiy etdi.
Mac, kompleks oʻzgaruvchi funksiyalar nazariyasining baʼzi sohalari, xususiy hosilali tenglamalar nazariyasi va b. Fizika va Mexanika masalalari orasidagi oʻxshashliklarni aniqlashda matematikaning roli katta. Mas, Mexanika dagi tebrangichlar (mayatnik) bilan fizikadagi tebranish konturlari orasidagi oʻxshashlik shular jumlasidan. Mexanikaning koʻp masalalari magnit maydonida plazmalarning xarakatlanishi bilan bogʻliq (magnit gidrodinamika). Gidrodinamikayaya koʻpgina muhim masalalalar aviatsiyadagi katta tezliklar, ballastika, turbosozlik va dvigatelsozlik muammolari bilan bogʻlangan.
Oʻzbekistonda Mexanika sohasida mashina va mexanizmlar, konstruksiya va inshootlarning mustahkamligi, binolarning seysmodinamikasi, koʻp fazali va koʻp komponentli muhitlar, gazlamalarning pishiqligi, parashyutlar nazariyasi, paxtachilik kompleksidagi mexanizmlar, qobiklar nazariyasi, iqtisodiy kibernetika, tutash muxitlar mexanikasiga doyr va b. sohalarda i. t. ishlari olib boriladi.
Oʻzbekistonda Mexanika muammolariga doyr i. t. lar Oʻzbekiston FA Mexanika va inshootlarning seysmik mustaxkamligi in-ti, Matematika in-ti, «Kibernetika» ilmiy i. ch. birlashmasi, Oʻzbekiston milliy unti, Toshkent texnika unti, Avtomobil transporti va yoʻllari inti, viloyatlardagi un-tlarda olib boriladi. Mexanikaning rivojlanishiga oʻzbek olimlari M. Oʻrozboyev, X. Raxmatullin, H. Usmonxoʻjayev, M. Hojinova, V. Krbulov, T. Rashidov, J. Fayzullayev, I. S. Arjanix, M. F. Shulgin, A. D. Glushchenko, O. V. Lebedev, S. Qodirov va b. oʻz hissalarini qoʻshishgan.
Tursun Rashidov, Abror Noʻmonxoʻjayev.