KURTAKLANISH

KURTAKLANISH — vegetativ koʻpayish xillaridan biri. Kurtaklanishda ova organizmda hosil boʻlgan kurtak— oʻsimtadan yangi organizm rivojlanadi. Kurtaklanish ayrim xaltachali zamburugʻlar, bir qancha bazidiyali zamburugʻlar, shuningdek, gulli oʻsimliklar va jigarsimon yoʻsinlar uchun xos. Hayvonlar orasida Kurtaklanish orqali koʻpayish gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, ayrim infuzoriyalar, halqali chuvalchanglar, mshanklar, qanotjabralilar va qobiqlilar uchun xos. Hayvonlarda Kurtaklanish tashqi va ichki boʻladi. Tashqi Kurtaklanish pariyetal (kurtak ova organizm tanasida hosil boʻladi) va bachki tanali (kurtaklar maxsus bachki — oʻsimtalarda hosil boʻladi) xillarga ajratiladi (mas, ayrim boʻshliqichlilar va qobiqlilarda). Ichki Kurtaklanishda yangi individ ova organizm tanasining ichida, uning ixtisoslashgan qismi hisobidan hosil boʻladi. Gʻovaktanlilarning gemmulasi, mshankalarning statoblasti ichki Kurtaklanish orqali paydo boʻladi. Himoya qobigʻiga ega boʻlgan kurtaklar noqulay sharoit (qishki sovuq, qurgʻoqchilik)da ova organizm nobud boʻlganida turning saqlanib qolishiga imkon beradi. Bir qancha hayvonlarda Kurtaklanish nihoyasiga yetmaydi va yosh organizm ova organizmdan ajralib ketmasligi tufayli koloniya hosil boʻladi. Ova organizmga har xil omillar (mas, kesish, kuydirish) taʼsir ettirib, sunʼiy Kurtaklanish paydo qilish mumkin.


Lotin alifbosida maqola: KURTAKLANISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



VEGETATIV KOʻPAYISH
YER
HAYVONLAR
HAYVONLAR SISTEMATIKASI
BIOLOGIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты