MIKROMANIPULYATOR

MIKROMANIPULYATOR (mikro… va manipulyator) — maxsus asboblarning nozik va aniq harakatlarini mikroskop orqali amalga oshirishga, mas, toʻqimalarda murakkab amallar (operatsiyalar)ni bajarishga imkon beradigan asbob. Mikroskop va shtativlardan iborat. Bajariladigan amallar mikroskop orqali kuzatib turiladi. Shtativlarga mikroqurollar (igna, skalpel, rezina soʻrgich va b.) qistirib qoʻyiladi. Shtativlar oʻzaro perpendikulyar uch tekislikda harakatlanishi mumkin. Mikroqurollarning harakaglanuvchi uchlari amallar bajariladigan va obyektlar joylashtiriladigan kameraga kirib turadi. Mikromanipulyator pnevmatik (havoli), gidravlik (moyli), mexanik yoki elektr usullarda boshqariladi. Hozir ishlatilayotgan Mikromanipulyator modellarida televizion, elektron va b. moslamalar ham qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: MIKROMANIPULYATOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
YER
Sherali Jo'rayev - Nozik
FIZIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты