MIKROELEKTRONIKA

MIKROELEKTRONIKA — elektron uzellar, bloklar va qurilmalarni juda mitti integral qurilmalar tarzida yaratish bilan shugʻullanadigan elektronika sohasi. 20-a. 60-y. larida vujudga keldi. Qattiq jism fizikasi Mikroelektronikaning asosi hisoblanadi.

Ayrim qurilmalarda alohida tayyorlangan bir necha ming elektron lampa, tranzistor, kondensator, rezistor, transformator va b. ni qoʻllab, ularni kavsharlab yoki payvandlab yigʻilishi natijasida apparatlar kupol boʻlgan. Bosma montaj, mikromodul, integral sxemaning yaratilishi bilan bu kamchiliklar deyarli bartaraf qilindi.

Mikroelektronikani bir-birini toʻldiruvchi bir necha yoʻnalishlar: integral elektronika, vakuum mikroelektronika, optik elektronika va funksional elektronika kabi yoʻnalishlarga ajratish mumkin. Integral elektronika eng keng rivojlangan. Bu sohaning vujudga kelishi radioelektron apparatlarni mikrominiatyuralashga (mittilashga) imkon berdi. Integral sxema (mikrosxema) hisoblash texnikasi va kosmik sistemalarda ham, xoʻjalikda ishlatiladigan apparatlarda ham qoʻllaniladi. Yarimoʻtkazgichli integral sxemalar 1959-61 y. larda yaratildi. Bunday integral sxemalarning integrallash darajasi yuqori (bitta yarimoʻtkazgich kristallida 10000 gacha va undan koʻp element). Guruxlab tayyorlash usuliga oʻtish yoʻli bilan yarimoʻtkazgichli material plastinkalaridagi aktiv (diodli, tranzistorli) elementlar tayyorlash texnologiyasining takomillashtirish bosma montaj texnikasining va passiv mikrominiatyur komponentlarni yaratish texnologiyasining rivojlanishiga, bu esa, oʻz navbatida, plyonkali integral sxemalarni ishlab chiqishga olib keldi.

Yarimoʻtkazgichli va plyonkali integral sxemalardan tashkari, aralash integral sxema tayyorlanadi. Aralash integral sxemaning integrallash darajasi yarimoʻtkazgichli integral sxemanikiga yaqin turadi. Keyinchalik vakuum integral sxemalar ishlab chiqildi va yangi yoʻnalish — vakuum elektronika yaratildi. Vakuum integral sxemalar barcha komponentlari vakuumga joylashtirilgan qurilma va osma mikrominiatyur elektrovakuum asboblari boʻlgan plyonkali integral sxema koʻrinishida ishlab chiqarilishi mumkin. Bunday integral sxemaning chidamliligi yuqori boʻladi.

Integral sxemalarning barchasi ishlash belgilariga qarab raqamli (mantiqiy) va chiziqli xillarga boʻlinadi. Raqamli integral sxemalar EHMlarda ishlatish uchun, chiziqli integral sxemalar esa, asosan, elektr signallar (kuchaytirish, modulyatsiya va b.)ni chiziqli kattaliklarga aylantirish uchun moʻljallangan.

Mikroelektronika, asosan, ikki yoʻnalishda rivojlandi: integral sxemalarning integrallash darajasini va zichligini oshirish, sxematexnik yoki sistematexnik ishlarga moʻljallangan elektron qurilmalar yaratish uchun yangi fizik prinsip va hodisalarini izlash. Bu yoʻnalish umumiy tarzda funksional mikroelektronika deb ataladi.


Lotin alifbosida maqola: MIKROELEKTRONIKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ELEKTRONIKA
KOSMONAVTIKA
YER
FIZIKA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты