MILLIY OLIMPIADA QOʻMITASI

MILLIY OLIMPIADA QOʻMITASI (MOQ) — mamlakat nomidan olimpiada harakatida vakil boʻlib qatnashuvchi tashkilot. MOQni Xalqaro olimpiada qoʻmitasi (XOQ) tan olmasa, milliy jamoalar Olimpiada oʻyinlariga qoʻyilmaysi. Oʻzbekiston Respublikasi MOQ 1992-y. 21 yanv. da tashkil topgan, 1993-y. sent. da XOQ tomonidan tasdiqlangan. MOQning maqsadlari: olimpiada harakati va havaskorlar sportini rivojlantirishga yordam berish; mamlakat sportchilarining Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etishini taʼminlash; Oʻzbekiston va butun dunyo sportchilari oʻrtasidagi doʻstlik aloqalarini rivojlantirish. MOQning oliy organi Bosh assambleya, u odatda, bir yilda kamida bir marta chaqiriladi. Assam-bleyalar orasidagi davr ichida MOQ ijroiya qoʻmitasi olimpiada harakatiga rahbarlik qiladi. Uning tarkibiga prezident, 3 vitse-prezident, bosh kotib, bosh direktor va 7 aʼzo kiradi. Ular 4 y. muddatga saylanadi. Oʻzbekiston Respublikasi MOQ manzili — Toshkent sh.

Oʻzbekiston Respublikasi MOQ rahbarligida ish olib boruvchi OʻzR Olimpiya akademiyasi tashkil qilingan (1993). U koʻngilli jamoat tashkiloti hisoblanib, olimpiada harakati va olimpiada oʻyinlarining qadriyat va tamoyillarini oʻrganadi va ommalashtiradi. Olimpiada gʻoyalarini targʻib qilish maqsadida Toshkentda Oʻzbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyi tashkil etildi (1996). Muzeyda Oʻzbekiston va xalqaro olimpiya harakati, milliy sport turlari tarixi, mashhur sportchilar erishgan muvaffaqi-yatlardan hikoya qiluvchi eksponatlar toʻplangan.


Lotin alifbosida maqola: MILLIY OLIMPIADA QOʻMITASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FRANSIYA
XITOY
YAPONIYA
TURKIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты