MILTIQ

MILTIQ — oʻq otish quroli. Ov va harbiy ishda qoʻllaniladi. Dastlabki Miltiq 12-a. da arablarda paydo boʻlgan. Miltiq yogʻoch dastaga mahkamlangan stvol (quvur)dan tuzilgan. Qadimgi Miltiqlar pilta bilan oʻt oldirilgan (shuning uchun oʻzbeklar orasida «pilta miltiq» deb atalgan). 14-a. da Yevropada silliq stvolli Miltiq ishlab chiqarilgan. 16-a. birinchi yarmida Ispaniyada mushket deb ataluvchi birmuncha tez oʻqlanadigan Miltiq ishlab chiqarildi. 17—18-a. larga kelib oʻyiq stvolli Miltiq yaratilgan. 19-a. da tepki, piston va metall patronning ixtiro qilinishi Miltiqni oʻqlash tezligini birmuncha oshirdi. 1868-y. dan boshlab Rossiyada patron gilzasini mexanik ravishda chikarib tashlaydigan zatvorli Miltiq qoʻllanildi (q. Berdanka). 19-a. ning 2-yarmida magazin ixtiro qilingach, Miltiqni oʻqpash tezligi ancha oshdi. 1891-y. rus qurolsozi S. I. Mosin yaratgan Miltiq na-munasi 1jahon urushi, Rossiyada fukarolar urushi davrida keng qoʻllanildi. 1930-y. mazkur Miltiq baʼzi oʻzgarishlar bilan qayta ishlab chiqarildi va 7,62 mm li Miltiq degan nom oldi. Bu M. magaziniga 5 patron joylangani uchun u oʻzbeklar orasida «beshotar» deb atalgan. Uning otish tezligi minutiga 10—12-marta, moʻljalga olish va otish masofasi 2000 m; aniq otish masofasi 400 m gacha; ogʻirligi 4 kg (nayzasi bilan 4,5 kg). Optik pritsel oʻrnatilganda 800 m gacha masofadagi nishonni bexato urishi mumkin. Hozir Miltiq lardan, asosan, ov qilishda foydalaniladi (yana q. Karabin, Pistolet-pulemyot).


Lotin alifbosida maqola: MILTIQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
XITOY
ISPANIYA
OTISH SPORTI
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты