MINA

MINA (frans. mine) — I) portlovchi modda zaryadi. Boshqariladigan (sim, radio orqali portlatiladigan) va boshqarilmaydigan (bevosita taʼsir natijasida portlaydigan) turlari bor. Tuzilishi va vazifasiga koʻra, dengiz minalari, tankka qarshi M., piyodaga qarshi Mina, transportga qarshi Mina, obyektlarni portlatuvchi Mina, mina-tuzoq va maxsus (yer osti konlari, bu-rgʻilash quduqlarida qoʻyiladigan) Minaga boʻlinadi. Tankka qarshi (portlovchi moddasining ogʻirligi 5—7 kg) va piyodaga qarshi (portlovchi moddasining ogʻirligi 75—200 g) Minalar bosim kuchi yoki tortish kuchi taʼsirida portlaydi. Transportga qarshi Mina yoʻllarga qoʻyilib, ustidan transportlar yurib oʻtayotganda portlaydi. Obyektni portlatuvchi Mina lardan turli insho-otlarga shikayet yetkazishda foydalaniladi. Mina-tuzoq va maxsus Mina kishida qiziqish uygʻotadigan har xil buyum, qurol-yarogʻ, oziq-ovqat va b. larga berkitib qoʻyiladi;

2) minomyotlardan otiladigan yupqa devorli snaryadlar. Oskolkali, fugas, fugas-oskolkali, tutun tarqatuvchi, yondiruvchi, yorituvchi hamda oʻquvmashq xillarga boʻlinadi.


Lotin alifbosida maqola: MINA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
DENGIZ MINALARI
OKEAN
SNARYADLAR
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты