MINIATYURA

MINIATYURA (frans. miniature; lot. minium — qizil boʻyoq) — badiiy usullari oʻta nafis boʻlgan kichik hajmli (moʻjaz) tasviriy sanat asarlari. Oʻrta asr qoʻlyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis moʻjaz rasmlar, shuningdek, suyak, pergament, magʻzi soxta (toshqogʻoz), metall, chinni, baʼzan maishiy buyumlar (tamakidon, soat, uzuk va b.)ga ishlangan kichik hajmdagi rangtasvirga ham Miniatyura atamasi qoʻllanadi (q. Lokli miniatyura).

Badiiy Miniatyuraning kitob va portret M. si kabi sohalari keng tarqalgan. Kitob Miniatyurasida rasmlar rangli qilib tempera, guash, yelim, akvarel va b. boʻyoqdar b-n qoʻlda bevosita qoʻlyozma kitoblar varakdariga ishlanib, undagi naqshlar (sarlavqa, unvon, lavha va b.) shu kitoblarning bezaklari bilan uygʻunlashgan. Miniatyura qad. dan maʼlum boʻlgan. Qad. Misr papiruslariga xira boʻyoklar bilan peroda rasmlar tekis yuzali qilib rangtasvir usulida ishlangan. Soʻnggi antik Miniatyuralar (4—6-a. lar) shakllar va nurhavo holati toʻgʻri berilganligi bilan diqqatga sazovor. Bu usul Vizantiya M. si (asosan, diniy qoʻlyozmalar)da 10-a. gacha hukm surgan. Miniatyura gaxalq ijodiyoti xususiyatlari kirib bordi. 13 — 15-a. lar gotika M. sida naturani haqqoniy ifodalashga intilish kuchaydi, rasmlar matn bilan izoxlandi, shakllar jonlandi, manzara, interyer, meʼmoriy hoshiyalarga keng oʻrin berildi. Fransiyada yirik Miniatyura ustalaridan A. Bonevyo, Jakmar dʻEden va b. samarali ijod qildi. Oʻrta asrlar gʻarb M. si mahalliy maktablarning kupliga bilan ajralib turadi. Armaniston (6 — 7-a. lar), Gruziya (9—10-a. lar), Rossiya (P-a.)da Miniatyura rivojlandi.

Oʻrta asrlarda Sharkda Miniatyuraning oʻziga xos maktablari shakllangan (q. Kitobat sanʼati). Arab Miniatyurasida bir qator maktablar ajralib turadi: Misr, Suriya, Iroq; Afgʻoniston, Oʻrta Osiyo, Ozarbayjon, Eron, Hindiston qoʻlyozma kitoblarining barcha bezaklari oʻzaro uygʻunlikda bogʻlangan; chiziqli ritm, manzara, ranglarning nozik uygʻunligi ularning bezak tuzilishini belgiladi.

Miniatyura qoʻlyozma kitoblarning moʻjaz rasmlari va alohida ishlangan rasmlar sifatida 12—19-a. larda Sharkda keng tarqalgan. Avval ilmiy qoʻlyozmalar (mas, tabobatga oid Dioskoridning «Dorilar» risolasining arab tiliga tarjimasi, Abu Rayhon Beruniyning «Osar ulboqiya» — «Oʻtmishdan qolgan yodgorliklar», Qazviniyning «Nujum» — «Yulduzlar» va b.), keyinchalik badiiy asarlar (Haririyning «Maqomot», «Kalila va Dimna», «Tarixi Tabariy» kabi asarlar)ga rasmlar ishlangan. Badiiy adabiyot, asosan, epik sheʼriyat — masnaviy, dostonlar (jumladan, Firdavsiyning «Shohnoma». Nizomiy, Xusrav Dexdaviy, Alisher Navoiylarning «Xamsa»lari, Jomiy, Saʼdiy, Hofiz Sheroziy va b. ning asarlari) qoʻlyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan Miniatyuralar alohida turkumni tashkil qiladi. Buyuk musavvir sifatida Sharkda Moniydan soʻng Juna-id Bagʻdodiy, Xoja Abdulhay, Mahmud Siyohqalam, Gʻiyosiddin Naqqosh, Mirak Naqqosh, Kamoliddin Behzod, Qosim Ali, Mahmud Muzahhib, Abdulla Musavvir, Basavan, Rizoyi Abbosiy va b. ning nomlari mashhur. Temuriylar davrida alohida varaqlarga Miniatyura ishlash va ulardan muraqqa tuzish anʼ-anaga aylangan, alohida shaxslar tasviri (portreti)ni ishlash taraqqiy etgan, xususan, Hindistonda Boburiylar davrida yuksak darajaga koʻtarilgan.

14-a. oxirida Samarqandda Samarqand miniatyura maktabi shakllangan, keyinchalik u Hirot miniatyura maktabinmng shakllanishiga taʼsir koʻrsatgan; Amir Temur qurgan bogʻlardagi koʻshklar ham devoriy rasmlar bilan bezatilgan. Temuriylar saroylarida alohida kltobxonalar tashkil etilib, u yerda mohir xattot va kitobat axdi, jumladan, musavvirlar ham fa-oliyat koʻrsatgan (mas, Mirzo Boysun-gʻur kutubxonasida qirkdan ziyod xattot, yetmishdan ortiq musavvirlar ijod qilgani maʼlum). Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy davrida ham kitobat sanʼati va Miniatyura taraqqiyotiga katta eʼtibor berilgan. Temuriylar, Shayboniylar, Boburiylar davri Miniatyura asarlari jahonning eng nufuzli muzey, kutubxona va shaxsiy toʻplamlarida saqlanadi.

Portret Miniatyurasi rassomlik sanʼatining alohida turi sifatida Uygʻonish davrida shakllangan, usul va uslub jihatidan kitob Miniatyurasi b-n, shuningdek, realistik sanʼatning umumiy taraqqiyoti bilan uzviy bogʻlangan.

Germaniya, Angliyada Miniatyura asarlari portret va ruhiy holatning aniqligi va boyitilganligi bilan ajralib turadi (Kichik X. Xolbeyn va uning shogirdlari). 16-a. da Fransiyada emal usulidagi Miniatyura rivojlangan. 18-a. dan Rossiyaga keng tarqaldi, italyan R. Karryera fil suyagiga rangli zaminda guash bilan rangtasvir ishlash usulini kiritdi, akvarel Miniatyurasi yuksak choʻqqiga koʻtarilgan. Yevropada 17—18-a. larga kelib Miniatyura oʻrnini gravyura egalladi, litografiya rivojlandi. 19-a. dan fotografiyaning tarqalishi tufayli portret Miniatyurasi yaratish susaydi.

Oʻzbekiston hududida 20-a. boshlariga kelib Miniatyura sanʼatining rivoji toʻxtab qoldi. Usta Moʻmin, A. Siddiqiy, G. Nikitin, Ch. Ahmarov, T. Muhamedov kabi rassomlar ijodida Miniatyura anʼanalari kuzatiladi. 70—80-y. larda Miniatyura anʼanalarini tiklashga urinishlar boʻldi. Miniatyuraning haqiqiy taraqqiyoti Oʻzbekiston mustaqilligidan soʻng amalga oshdi. Ch. Ahmarov M. sanʼati anʼanalarini oʻz ijodida davom ettirdi, uni yangicha mazmun, gʻoyalar bilan boyitdi. Uning shogirdlari ustozining ishlarini davom ettirib, Miniatyurani yangi bosqichga koʻtardilar; M. lokli Miniatyura, qogʻoz, mato, teri, charmdagi Miniatyurani va devoriy ish> larni qamrab olib keng koʻlamli badiiy uslubiy yoʻnalishga aylandi. Hoz. kunda Miniatyura rivoji 3 yoʻnalishda — aynan qoʻlyozma (kitob) rasmlari (T. Muhamedov, Sh. Muhamadjonov, Miniatyura Salimov va b.), lokli Miniatyura (N. Xolmatov, A. Yoʻldoshev, Sh. Shoahmedov va b.) hamda Miniatyura uslubida devoriy rasmlar yaratish (T. Boltaboyev, H. Nazirov, Gʻ. Kamolov — Kamoliddin Behzod nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotining birinchi sovrindorlari va b.) boʻyicha ijodiy izlanishlar olib borilmoqda. Miniatyurachi rassomlar «Usto» va «Musavvir» ijodiy uyushmalarida fa-oliyat koʻrsatmoqdalar. Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn in-tida, Respublika rassomlik kollejida miniatyurachi rassomlar tayyorlanadi.

Temuriylar tarixi davlat muzeyi zallari, Angren ishlab chikarish birlashmasi klubi binosi devorlari («Ulugʻbek akademiyasi» nomli) va b. M. uslubidagi rasmlar bilan bezatilgan.

Ad.: Norqulov N., Nizomiddinov N., Miniatyura tarixidan lavhalar, T., 1970; Alisher Navoiy asarlariga ishlangan rasmlar, T., 1982; Sharq miniatyura maktablari, T., 1989; Oriental miniatures 14th—17th centuries, Tashkent, 2001.

Abdumajid Madrahimov.


Lotin alifbosida maqola: MINIATYURA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMALIY SANʼAT
LOKLI MINIATYURA
PORTRET
MISR
KITOB


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты