MIRZOYEV Abdulgʻani Muhammadovich

MIRZOYEV Abdulgʻani Muhammadovich (1908.12.12, Kitob tumani — 1976.16.8, Dushanba) — tojik adabiyotshunosi. Tojikiston FA akad. (1957), filol. fanlari d-ri (1957), prof. (1960). Tojikistonda (1959) va Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1966). Leningrad unti sharqshunoslik f-tini tugatgan (1939). Dushanba untida tojik adabiyotidan dare bergan. SSSRning Erondagi elchixonasida ishlagan (1942—44). Tojikiston FA Sharq qoʻlyozmalarini kataloglashtirish bilan shugʻullangan (1945-y. dan). Mirzoyevning asosiy tadqiqotlari 15-a. dan keyingi forstojik adabiyotiga taallukli. Sayido Nasafiy (1947), Mulham Buxoroiy (1948), Sayfi Aruziy (1955) haqida i. t. lari bor. Tojik adabiyoti tarixi, xususan, Rudakiy, Kamol Xoʻjandiy, Abdurahmon Jomiy, Binoiy, Maleho Samarqandiy, Ahmad Donish va b. hayoti va ijodi haqida ilmiy asarlar yozgan. M. Sharq xalqlarining adabiy aloqalarini oʻrganish masalasida izlanishlar olib borgan.


Lotin alifbosida maqola: MIRZOYEV Abdulgʻani Muhammadovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOJIKISTON
ALISHER NAVOIY
TOSHKENT
SHARQSHUNOSLIK
TARIX


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты