MIS SULFAT

MIS SULFAT, mis kuporosi, toʻtiyoyi, CuSO4 — tiniq kristall modda. Suyuklanish t-rasi 200°, zichligi 3,603 g/ sm3. Kizdirilganda (650° atrofida) parchalanadi: CuSO4= CuO+SO2+ʻ/2O2. Suvda yaxshi eriydi. Suvli eritmalaridan CuSO45H2O — mis kuporosi kristallanadi (rangi och koʻk), u 105° dan yuqori t-rada ikki molekula suv yoʻqotib CuSO43H2O (zan-gori rang)ga, 150° da monogidrat CuSO4H2O ga aylanadi. 250° da butunlay suvsizlanadi. Tabiatda xalkantit CuSO45H2O minerali holida uchraydi. Mineral boʻyoklar tayyorlashda, q. x. da zararkunandalarga va oʻsimlik kasalliklariga qarshi kurashishda, koʻnchilikda, galvanik elementlarda ishlatiladi. Mis (1)sulfat Cu2SO4 ham maʼlum. Och kulrang kristall, zichligi 3,605 g/sm3. 200» dan yuqorida CuO va CuSO4 gacha oksidlanadi. Suvli eritmada Si va CuSO4 ga parchalanadi. Kuchli qaytaruvchi; Cu2O b-n (CH3)2SO4hh oʻzaro taʼsir ettirib olinadi.


Lotin alifbosida maqola: MIS SULFAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



NATRIY
NIKEL
MIS
KALSIY
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты