MODARIXON MADRASASI

MODARIXON MADRASASI — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (1566 — 67). Abdullaxon madrasasi qarshisida joylashgan. Ikkalasi qoʻsh Madrasa majmuasini tashkil qiladi. Modarixon madrasasi Abdullaxonning onasi sharafiga qurilgan (nomi ham shundan). Madrasa chorsi tarhli (67×45 m), 2 qavatli. Bosh tarzida ulkan peshtoq va uning 2 yonidagi 2 qavatli, oldi ravoqli 3 kiyemga ajratilgan xonalar oldi handasiy uslubda koshinkori naqshlar bilan bezatilgan. Burchaklarida sirkor gʻish-tlar bilan naqshlangan guldastalar joylashgan. Xonalarning har birida eshik va uning tepasida ganchkori panjara mavjud. Modarixon madrasasining boshqa tomonlari bezaksiz. Oʻrtasidagi toʻgʻri toʻrtburchakli hovli atrofida ayvonli hujralar bor. Bosh tarzidagi mi-yonsaroy, darsxona va masjid, hovli toʻrining 2 burchagida joylashgan xonalar charxi gumbaz bilan qoplangan. Bagʻallari ganchdan toʻrsimon shaklda ishlangan. Modarixon madrasasi devori qurilmasi 16-a. Buxoro meʼmorligiga xos boʻlib, ikki chekkasi pishiq gʻishtdan terilgan, oʻrtasi siniq gʻisht boʻlaklari bilan toʻldirilgan. Madrasa binosi 1997 — 98 y. larda taʼmirlangan.


Lotin alifbosida maqola: MODARIXON MADRASASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
BUXORO XONLIGI
MADRASA
BUXORO VILOYATI
GUMBAZ


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты