KOʻL

KOʻL — chuqur joylarda toʻplangan tabiiy suv havzasi. Yerning barcha iqdim va landshaft zonalari — issiq, moʻtadil va sovuq, koʻp yogʻinli yoki qurgʻoqchil r-nlarida mavjud. Koʻpchilik Koʻllar dengizga muayyan daryo orqali oʻtib tushadi. Qurgʻoqchil joylarda oqmas Koʻl ham koʻp. Eng katta oqmas Koʻllar — Kaspiy dengizi va Orol dengizidkr. Koʻl oʻrnining paydo boʻlishiga qarab bir necha turga boʻlinadi. Yerning ichki kuchlari taʼsirida paydo boʻlgan tektonik Koʻl katta va chuqur boʻladi (Kaspiy, Yuqori koʻl, Viktoriya, Orol dengizi, Guron, Michigan, Tanganika, Nyasa, Baykal, Issiqkoʻl). Zilzila natijasida daryo oʻzaniga togʻ yon bagʻirlarining qulab tushishidan yuzaga kelgan qulama (toʻgʻonli) Koʻl (Pomirdagi Sarez koʻli, Yashilkoʻl, Zarafshon, havzasidagi Iskandarkoʻl, Ozarbayjondagi Goʻkkoʻl va b.) ham tektonik Koʻl hisoblanadi; vul k a n i k K. sungan vulkanlar kraterida, lana qoplamalarining chuqur, pastqam joylarida hosil boʻladi; gid roge n K. daryo, dengiz va yer osti suvlari faoliyati natijasida vujudga keladi. Gidrogen Koʻl daryo kayirlarining pastqam joylarida hosil boʻlgan qayir K., qoldiq oʻzan oʻrnidagi Koʻl, deltaning pastqam joylarida vujudga kelgan delta K., ohaktosh va gips kabi jinslardan tarkib topgan joylarning choʻkishi natijasida hosil boʻladigan karst K., abadiy muzloq yerdar choʻkkan joylardagi termokarst K., ostki qat-lamlardagi jinslarni yer osti suvlari yuvib ketishi natijasida tashkil topgan laguva Koʻl, limanlarning dengizdan ajralib krlishi natijasida shakllangan liman K. ga boʻlinadi. Glyatsiogen Koʻl muzliklarning erozion va akkumulyativ faoliyati natijasida vujudga keladi. Ular daryo vodiylarining morena yotqiziqlari bilan toʻsilib qolishi natijasida yoki morena yotqiziqlari orasidagi chuqurliklarda hosil boʻlgan morena Koʻl va togʻ yon bagirlaridagi kar muzliklari oʻyib ketgan joylarida hosil boʻlgan kar Koʻlga boʻlinadi. Suv omborlari va hovoʻzlar sunʼiy Koʻl deyiladi.

Suvi tashqariga oqib chiqishchiqmasligiga koʻra, oqar va oqmas Koʻl., shoʻrligiga koʻra, chuchuk, shoʻrtang, shoʻr va juda shoʻr (achchiq) Koʻl, suv t-rasiga qarab iliq (tropik), sovuq (qutbiy) va aralash tipdagi (moʻtadil) Koʻl, tuzlarning kimyoviy tarkibiga koʻra, gidrokarbonatli va karbonatli (NSO3+SO4), sulfatli (SO4), xloridli (CL) K. ga boʻlinadi. Loyqa bosishi, qirgʻoqlarning shakllanib turishi natijasida Koʻlning shakli va kattaligi oʻzgarib turadi.

Koʻldan baliqchilik, suv transporti, suv taʼminoti, sugʻorishda, har xil mineral tuzlar, shifobaxsh balchiqlar olish maqsadida foydalaniladi. Yer sharidagi barcha Koʻl larning umumiy mayd. 2,1 mln. km2. Oʻzbekistonda 250 ga yaqin Koʻl bor. Ular, asosan, Sirdaryo va Amudaryo qayirlarida, Xorazm vohasi va Amudaryo deltasida joylashgan (yana q. Koʻlshunoslik). Tasniflanishiga koʻra, Oʻzbekiston hududida 2 tipdagi Koʻl joylashgan:

1) togʻ Koʻl,

2) tekislik K. Koʻllarning togʻli hududlarda koʻproq joylashishi iqlimiy va morfologik-gidrografik xususiyatlarga bogʻliq, chunki togʻlar daryolar okib tushishini shakllantiruvchi namlik akkumulyatorlari sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, ularda qulay geomorfologik va geotektonik sharoitlar ham mavjud. Togʻ Koʻl dan: Ixvach, Bodak, Shavorkoʻl, Urungach, Koʻksuv va b. maʼlum. Togʻ Koʻl toza, chuchuk va oʻta chuchuk suvlarning potensial manbaidir. Koʻlning Oʻzbekiston hududida notekis tarqalishi, ularning shikastlanishiga taʼsir qiluvchi asosiy tabiiy omillar (iqlim, relyef, geologik tuzilish va oqim)ning nihoyat darajada xilma-xilligidan. Tekislik hududlardagi katta koʻl maydonlari, koʻp miqdordagi oqimli daryo suvlari shakllanadigan hamda namlikka boyroq togʻlarga tutashgan tekislik iqlimining quruqligi natijasida paydo boʻlgan.

Tekislik Koʻlning tipik vakillari: Arvasoy koʻl sistemasi, Dengizkoʻl, Sudochye, Zarafshon va Kashqadaryoning quyi qismi. Tekislik Koʻl daryolarning qayirlarida (qayirli) va sugʻoriladigan hududlarning atrofida joylashgan. Keyingi paytlarda tekislik hududdagi barcha Koʻl kollektor-dren aj suvlarining ifloslantirish taʼsiridadir. Suv bilan taʼminlanishi, asosan, sugʻoriladigan dalalardan oqib tushgan partov suvlar hisobiga boʻladigan ayrim oqmas irrigatsion-partov Koʻl ayniqsa, noqulay щaroitga tushib qoladi. Baʼzi oqmas Koʻlning oʻzani va oʻrni vaqt-vaqti bilan siljib turadi (mas, Lobnor koʻli).

Koʻllar tabiat qolatiga faol taʼsir koʻrsatadi. Ular ustki oqimni boshqarish, yaʼni yilning namli kelgan davrlarida suvni toʻplash va uni qurgʻoqchil davrda daryolarga berish, ustki va yer osti suvlar b-n suv toʻplanish joyidan okib kelgan limnik jarayonlar chogʻida bir necha bor qayta ishlangan mineral va organik moddalarni toʻplashlari mumkin.

Gidrologik koʻrsatkichlar, suvning fizik va kimyoviy xususiyatlari, oʻz navbatida, hayot faoliyati Koʻl tabiiy kompleksiga muhim taʼsir kursatuvchi suv hayvonlari va oʻsimlik organizmlarining rivojlanish sharoitlarini belgilaydi. Shunday holatda Koʻllar oʻz joylashish xususiyatlarini aks ettiruvchi murakkab ekologik sistema sifatida namoyon boʻladi.

Ad.: Bogoslovskiy B. B., Ozerovedeniye, M., 1960; Berg R. A., Po ozeram Sibiri i Sredney Azii. Puteshestviya L. S. Berga (1893-1906 gg.) i P. G. Igvatova (1898 — 1902), M, 1965; Nikitin A. M., Ozera Sredney Azii, L., 1987.


Lotin alifbosida maqola: KOʻL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Hojiakbar Haydarov - Do’lana
YER
OKEAN
Nuriddin Haydarov - Do’lana
OSIYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты