MOZORI SHARIF

MOZORI SHARIF — Afgʻonistonning shim. qismidagi shahar. Balx viloyatining maʼmuriy markazi. Balx vohasida. Aholisi 150 ming kishi (1990-y. lar boshlari).

Oʻrta ayerda Mozori Sharif oʻrnida kichik Xayr qishlogʻi (keyinchalik Xoʻja-Xayron) boʻlgan. Naqlga koʻra, bu yerga hazrat Ali koʻmilgan emish. 1481—82 y. lardauyerga maqbara (fors, mozori sharif — muqaddas mozor; shahar nomi shundan) qurilgach, ziyoratgohga aylangan.

Mozori Sharif — Baqtriya iqtisodiygeografik r-nining yirik hunarmandchilik, savdo, sanoat shahri va transport yoʻllari punkti. Mashina taʼmirlash va metallsozlik, oziq-ovqat (shakarqand, un, yogʻmoy), toʻqimachilik (ip gazlama va shoyi), teri oshlash, paxta tozalash, gʻisht va oyna korxonalari bor. Issiklik elektr st-yasi va azotli oʻgʻitlar z-di qurilgan. Gilam toʻqiladi. Hunarmandchilikda shoyi va ip gazlama, doʻppi, uy-roʻzgʻor buyumlari tayyorlanadi. Shaharda qorakoʻl teri, jun, don, meva, yongʻoq va koʻncharm bilan savdo qilinadi. Mozori Sharifdan jan-gʻarbda yirik oltingugurt koni bor.


Lotin alifbosida maqola: MOZORI SHARIF haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
XITOY
YAPONIYA
AFGʻONISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты