KOʻRINMA YULDUZ KATTALIGI

KOʻRINMA YULDUZ KATTALIGI — fotometr yordamida oʻlchangan yulduzning yorugʻligini belgilovchi koʻrsatkich. Koʻrinma yulduz kattaligi yulduzdan kelayotgan nurlanish oqimi yoki yulduz nuri yoritilganlik bilan logarifmik bogʻlanishga ega. Agar ikkita yulduzdan kelayotgan nurlanish oqimlari Fj va Gʻ2 boʻlsa, ularning Koʻrinma yulduz kattaligi (t) ayirmasi oqimlar logarifmlari ayirmasidan 2,5-marta katta boʻladi. Bu bogʻlanishni ingliz astronomi Pogson taqlif etgan. Unga koʻra, birinchi kattalikdagi yulduz ikkinchi kattalikdagiga qaraganda 2,5-marta koʻp yoritadi. Koʻrinma yulduz kattaligining bir necha tizimlari mavjud. Mas, hozirgi paytda keng qoʻllaniladigan elektrofotometr yordamida 3 xil rangda oʻlchanadigan Koʻrinma yulduz kattaligilar tizimi II, V, (VU — ultrabinafsha, V — koʻk va K — vizual). Koʻrinma yulduz kattaligi shkalasini hisob boshi tanlangan (standant) yulduzlarga xalqaro kelishuviga asosan qiymat berish yoʻli bilan belgilangan. Mas, Qutb yulduzining vizual (V) nurlarda kattaligi 2,12 ga teng deb qabul qilingan.


Lotin alifbosida maqola: KOʻRINMA YULDUZ KATTALIGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
ULTRABINAFSHA NURLANISH
TOSHKENT
FIZIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты