KOʻRISH ORGANLARI

KOʻRISH ORGANLARI — odam va hayvonlarning yorugʻ sezadigan organlari. Barcha umurtqali va koʻpchilik umurtqasiz hayvonlarda boʻladi. Koʻp hujayrali hayvonlar K. o. ning asosiy elementi sezgir hujayralar — fotoretseptorlar hisoblanadi. Ularning periferik (chetki) uchi yorugʻlikni qabul qiladi. Fotoretseptorlar umurtqali hayvonlarda qadahcha yoki tayoqcha shaklida. Koʻrish organlari koʻpchilik hayvonlarning boshida joylashgan boʻlib, koʻrish nervlari orqali bosh miya bilan bogʻlangan. Oddiy Koʻrish organlari epiteliy hujayralari orasida joylashgan ayrim koʻrish hujayralaridan iborat (mas, yomgʻir chuvalchanglari). Oddiy Koʻrish organlari faqat yorugʻlikni sezadi, buyumlarni farq qilmaydi. Evolyatsiya jarayonida tarqoq koʻrish hujayralari bir joyga toʻplanib, teri ostiga botib kirishi, pigment ekranlari, yorugʻlikni sindirib toʻr qavatga tushiradigan, akkomodatsiyalovchi, koʻzni harakatlantiruvchi, uni muhofaza qiluvchi va b. moslamalar paydo boʻlishi tufayli Koʻrish organlari mukammallashib borgan. Ayrim boʻshliqichlilar, tuban chuvalchanglar, bir hujayralilarda Koʻrish organlari oddiy koʻz dogʻlaridan iborat. Keyinchalik koʻrish dogʻlari takomillasha borib, pufaksimon yoki qadahsimon shaklga kiradi (baʼzi boʻshliqichlilar va mollyuskalar), pufak yorugʻlik sindiruvchi dirildoq shishasimon tana bilan toʻla boʻladi. Koʻpchilik boʻgʻimoyoqlilarning Koʻrish organlari fasetkali koʻzdan iborat. Faset-kali koʻz narsalar shaklini farq qiladi. Odamlar va umurtqali hayvonlar, baʼzi umurtqasizlar (boshoyoqli mollyuskalar) koʻzi ayniqsa yaxshi rivojlangan boʻlib, kamerali koʻzlar deyiladi (yanaq. Koʻz).


Lotin alifbosida maqola: KOʻRISH ORGANLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
KOʻZ
TERI
ODAM
BOSH MIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты