MOYLI EKINLAR

MOYLI EKINLAR — urugʻi va mevasidan moy olish uchun ekiladigan ekinlar guruhi. Gulxayridoshlar (gʻoʻza), murakkabguldoshlar (kungaboqar, maxsar), labguldoshlar (perilla, lalleman-siya), butguldoshlar (raps, xantal), dukkakdoshlar (soya, yer yongʻoq) va b. turli botanik guruxlarga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklarni oʻz ichiga oladi. Bulardan baʼzilari qotuvchi moy beradigan daraxtlar (kokos palmasi va moyli palma, kakao, tunga), boshqalari suyuq moy beradigan oʻtsimon oʻsimliklar (soya, kungaboqar, zigʻir) hisoblanadi. Moyli ekinlar urugʻi, mevalarida, ayrimlari (chufa) tuganaklarida moy toʻplaydi. Moyli ekinlarning urugʻi va mevasida toʻplanadigan moy miqdori (mutlaq quruq moddaga nisbatan % hisobida): kanopda 18—20, chigitda 17—29, soyada 13—37, kungaboqarda 29—57, yer yongʻoqda 41—57, rapsda 48— 50, koʻknorda 46 — 56, moyli zigʻirda 35—52, kanakunjutda 48—55, kunjutda 50—65. M. e. moylari suyuq, yarim suyuq va qotuvchi boʻlib, presslab yoki ekstraksiyalab olinadi. Oʻsimlik moylari bevosita oziq-ovqat maqsadlarida, konservalar tayyorlashda, konditer mahsulotlari, margarin olishda, lok-boʻyoq, sovun pishirish, toʻqimachilik, atir-upa sanoatlari, tibbiyotda, shuningdek, moylash materiali sifatida ishlatiladi. Yogʻmoy i. ch. chiqindilaridan kunjara va shrot chorva mollari uchun konsentrat ozuqa hisoblanadi.

Moyli ekinlarning kelib chiqishi turlicha. Yovvoyi kungaboqarning vatani — Shim. Amerika. Kanakunjut va kunjut esa Afrikadan, raps va koʻknor Oʻrta dengiz atroflaridan tarqalgan, yer yongʻoqning vatani — Jan. Amerika; gʻoʻza Hindiston, Xitoy, Perudan tarqalgan. Jahon dehqonchiligida soya, yer yongʻoq, kungaboqar, zaytun, raps, kunjut, kanakunjut, moyli zigʻir katta ahamiyatga ega.

Oʻzbekiston florasida yovvoyi Moyli ekinlarning 500 turi aniqlangan. Oʻzbekistonda yogʻmoi sanoatining asosiy xom ashe bazasini bir yillik moyli ekinlardan gʻoʻza tashkil etadi. Shuningdek, zigʻir, soya, raps, kunjut, maxsar va b. ning urugʻlari ham qayta ishlanadi. Halima Otaboyeva.


Lotin alifbosida maqola: MOYLI EKINLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OʻSIMLIK MOYLARI
GʻOʻZA
MADANIY OʻSIMLIKLARNING KELIB CHIQISH MARKAZLARI
PERILLA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты