MOYQUTLAR

MOYQUTLAR (Sylviidae) — chumchuqsimonlar turkumiga mansub sayroqi qushlar oilasi. Uz. 10—25 sm. Pati xira kulrang, qoʻngʻir yoki yashil tusga yaqin. 40 tacha urugʻga mansub 240 turi maʼlum. Yevrosiyo, Afrika, ayrim turlari Avstraliya va bitta turi Shim. Amerika (Alyaska) da tarqalgan. Oʻrmon, butazor, bogʻlar, qamishzor va dashtlarda yashaydi. Hasharotlar, baʼzi turlari mevalar bilan oziqlanadi. Ayrim turlari, mas, krrabosh Moyqutlar yaxshi sayraydi. Oʻzbekistonda Moyqutlarning 9 ta urugʻi (penochkalar, kurgalaklar, asl moyqutlar, toʻqay chumchuqlar, jiqjiklar va b.) va 28 turi uchraydi. Togʻ oʻrmonlari va bogʻlarda kulrang moyqut va zavirushka, Qizil-qumda choʻl moyquti uya quradi.


Lotin alifbosida maqola: MOYQUTLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
SHIMOLIY AMERIKA
TOʻQAY CHUMCHUQLAR
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
CHUMCHUQSIMONLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты