KOʻTARISH KUCHI

KOʻTARISH KUCHI — 1) gidrostatik (Arximed) K. k. — suyuqlik yoki gazlarga botirilgan jiyemga taʼsir etuvchi kuch (q. Arximed qonuni);

2) aerodinamik (gidrodinamik) Koʻtarish kuchi — suyuqlik yoki gazlarning ularda harakatlanayotgan jiyemga taʼsir etuvchi kuchi. Koʻtarish kuchi jismning harakat yoʻnalishiga tik taʼsir qiladi. Muhit (gaz yoki suyuqlik)ning jism (mas, samolyot) orqali nosimmetrik oqib oʻtishi tufayli Koʻtarish kuchi vujudga keladi. Quyidagi formula orqali topiladi: bunda, V — koʻtarish kuchi, r — muhitning zichligi, — jism tezligi, S — xarakterli yuzi (mas, samolyot qanotining kundalang profil yuzi), S, — jism shakliga bogʻliq boʻlgan oʻlchamsiz koeffitsiyent. Samolyotda Koʻtarish kuchi quyidagicha hosil boʻladi. Samolyot qanoti havo oqimiga parallel yoki unga nisbatan kichik burchak (ataka burchagi) ostida qiyaroq oʻrnatilsa, havo oqimi qanot profilidan oʻtadi. Bunda kanotning ustki tomonidagi havo pastki tomonidagi havodan tezroq harakat qiladi va qanotning pastki tomonidagi havo bosimi ustkisidan ortiqroq boʻladi, natijada samolyot yuqoriga koʻtariladi. Ataka burchagi 15° dan ortganda Koʻtarish kuchi kamaya boradi. Koʻtarish kuchi uchish apparatlari, kemalar, oʻqaviy kompressorlar, turbina va b. koʻtaruvchi sirtlarining muhim xarakteristikasi xisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: KOʻTARISH KUCHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ATAKA BURCHAGI
QATTIQ JISM
AVIATSIYA
FIZIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты