KOʻHAK (fors. — kichik togʻ) — Zarafshon tizmasidagi kichik togʻ, tepalik. Samarqand sh. yaqinidagi hoz. Choʻponota tepaligining qad. nomi. Dastlab Yoqut Hamaviy, Istaxriy, Ibn Havqal asarlarida Jabali Koʻhak («Koʻhak togʻi») nomi bilan tilga olingan. Koʻhak etagidan oqib oʻtgan Zarafshon daryosi ham oʻrta asrlarda shu tepalik nomi bilan Koʻhak daryosi (obi Koʻhak, K. suyi) deb atalgan. Togʻdan chiqqan gil qadimdan kulolchilikda ishlatilgan.