KOʻHI QOF

KOʻHI QOF — oʻzbek ertak, doston va b. ogʻzaki ijod namunalarida afsonaviy togʻ nomi. Rivoyatlarga koʻra, Koʻhi Qof dunyoning bir chetida boʻlib, unga eng jasoratli pahlavongina yetib bora oladi. Parilar yashaydigan Iram bogʻi ham shu yerda. U yerda Semurgʻ va Anko yashaydi. Goʻroʻgʻli, Anaz singari xalq qahramonlari Balo togʻidan oʻtib, devlarni yengib, Koʻhi Qofga yetib borganlar. Eron mifologiyasiga koʻra, Koʻhi Qof — Semurgʻ makoni. Shuningdek, Koʻhi Qof Kavkaz togʻlarining ramziy tasavvuri, degan tushuncha ham mavjud. «Gap desang qop-qop, Ish desang Koʻhi Qofdan top» degan oʻzbek xalq maqolida Koʻhi Qofning haddan ziyod olisda ekanligiga ishora qilingan.


Lotin alifbosida maqola: KOʻHI QOF haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
IRAM BOGʻI
Botir Qodirov - Bora-bora
ROSSIYA
Maruff - Gap-gap


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты