KOʻHIRUD

KOʻHIRUD — Erondagi togʻ tizmasi, Oʻrta Eron togʻlari tarkibida. Shim.gʻarbdan jan.-sharqqa tomon 900 km ga choʻzilgan, bal. 2—3 ming m, eng baland joyi Xazar vulkani — 4420 m. Asosan, choʻkindi va vulkanogen qatlamlardan tuzilgan. Yiliga togʻ oldilarida 100 mm dan, togʻlarda 300 mm gacha yogʻin yogʻadi. Togʻ choʻli va chala choʻli, yuqori mintaqalarda togʻ dashti landshafti ustun. Daralarda yongʻoqzorlar bor. Yaylov chorvachiligi rivojlangan, vodiylarda uncha katta boʻlmagan vohalar uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: KOʻHIRUD haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ERON
YER
TOSHKENT
ROSSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты