KOʻHISIM (fors. — kumush togʻi) — Iloq davlati hududidagi kumush koni (6—11-a. lar). Ohangaron daryosining oʻng qirgʻogʻida, Lashkarak va Loyak soylari boʻyida, Koʻhisim sh. xarobasi yaqinida. 20-a. ning 20-y. larida geologlar S. F. Mashkovsev va A. P. Kirikov va 60-y. larda arxeolog Yu. F. Buryakovu yerda tadqiqotlar olib borgan. Arab geograflari — Istaxriy, Ibn Havqal, Qudama va b. ning yozishicha, Koʻhisim oʻrta asrlar sharqida eng yirik kumush konlaridan biri boʻlgan. U yerdan eng koʻp kumush qazib olingan davr 7—9-a. larga toʻgʻri keladi. «Shosh koni» degan tamgʻa bosilgan tangalar (8-a.) zarbxonasi aynan shu yerda joylashganligi aniqlangan. Koʻhisimdan kon qazuvchi qullar turar joylari va kon qazishda ishlatiladigan asboblar qoldiqlari topilgan.