KOʻHITANG SERIYASI — yura davrining kellovey Oksford hamda bat yarusiga taalluqli togʻ jinslari kompleksi. Birinchi marta Oʻzbekistonning jan. dagi Koʻhitang tizmasida oʻzbek olimlari tomonidan aniqlangan. Key-inchalik Koʻhitang seriyasi Hisor togʻlarining jan. va jan.-gʻarbiy qismida, Buxoro—Koʻhna arkning gʻarbiy devori.
Xiva hamda Tojikiston depressiyasida keng tarqalganligi aniqlandi. Koʻhitang seriyasining qalinligi 200—500 m boʻlib, gil, mergel, gips, ohaktosh va dolomitlardan iborat. Oʻzbekistonning gʻarbi va jan. hamda Dushanba sh. yaqinida Koʻhitang seriyasidan gaz olinmokda. Razvedka va qidiruv ishlarida Koʻhitang seriyasining stratigrafik ahamiyati katta.