KOʻHNA URGANCH

KOʻHNA URGANCH — Turkmanistonning Toshhovoʻz viloyatidagi shahar (1986-y. dan). Koʻhna Urganch tumanining maʼmuriy markazi. Xoʻjayli t. y. stansiyasidan 35 km, Toshhovoʻz sh. dan 105 km shim.gʻarbda. Aholisi 31,4 ming kishi (2000). Koʻhna Urganchda paxta tozalash, sut, yogʻ-ekstraksiya z-dlari, Toshhovoʻz gilam f-kasining filiali, aloqa boʻlimi, savdo, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi. 7 umumiy taʼlim maktablari, musiqa, bolalar sport maktabi, sogʻlomlashtirish majmuasi, kutubxona, madaniyat uyi, kasalxona, sil kasalliklari dispanseri mavjud.

Koʻhna Urganch 10 — 14-a. larda Xorazm davlatining poytaxti boʻlib, Xorazm va Movarounnahrda eng katta shaharlardan biri edi. Asl nomi Gurganj, arab geograflari asarlarida Jurjoniya deb tilga olinadi. Mil. av. 1-a. Xitoy yilnomasida Yuye-Gan yoki Yuye-Szyan shaklida qayd qilingan. 10-a. ning2-yarmida markazi Gurganjda boʻlgan mustaqil amirlik vujudga kelib, u Kot sh. dagi xorazmshohlar bilan raqobat qila boshladi. 995-y. da Gurganj amiri Maʼmun ibn Muhammad Kotdagi xorazmshoxlar sulolasini tugatib, oʻzini Xorazmshoh deb eʼlon qildi (995—997). Oʻsha vaqtdan Gurganj Xorazm davlatining yagona poytaxti boʻlib qoldi va 11 — 12-a. larda bu yerda madaniyat va sanʼat ravnaq topdi. Oʻsha davrda shahar mustahkam qalʼa devorlari bilan oʻrab olindi. Baʼzi shahar darvozalarining nomlari tarixiy qoʻlyozma asarlarda koʻrsatib oʻtilgan, boʻlar: Xajjaj, Kobilon. 1221-y. da Chingizxon qoʻshinlari shaharni 6 oy qamal qilib ololmagach, Amudaryoni toʻsib turgan toʻgʻonni buzib, shaharni suvga bostirdi. Moʻgʻullar barcha hunarmandlarni ajratib olib Moʻgʻulistonga haydab olib ketdilar, qolgan aholini qirib tashladilar.

14-a. ning boshlarida Oltin Oʻrda taʼsirida boʻlgan shaharda binokorlik ishlari jonlandi. 1333-y. da Gurganjga kelgan mashhur arab sayyohi Ibn Battuta buning guvohi boʻlgan.

15—16-a. larda shaharning madaniy va iqtisodiy rivojlanishida bir oz turgʻunlik roʻy beradi. 1646-y. da Xiva xoni Abulgʻoziy Bahodirxon (1643— 1664) hoz. Urganch sh. ga asos soldi. Shundan keyin qad. shaharning nomi Koʻhna Urganch boʻlib qoldi. Xiva xoni Muhammad Aminxon (1846-55) Koʻhna Urganchda boʻlib Xorazm poytaxtini oʻsha yerga koʻchirishga qaror qildi. Lekin, uning 1855-y. da Saraxsda turkmanlar bilan boʻlgan jangdagi fojiali oʻlimi bu ishga barham berdi.

G920-y. larda Koʻhna Urganch Turkmaniston tarkibiga kiritiddi. Shaharning qad. qismi 1985-y. da Davlag tarixiy-madaniy muzey-qoʻriqxonasi deb eʼlon qilindi. Koʻhna Urganch dagi bir necha meʼmoriy yodgorliklar YUNESKO tashkilotining roʻyxatiga olindi. Shaharda oʻlkashunoslik muzeyi faoliyat koʻrsatadi. Shaharning turistik infrastrukturasini vujudga keltirish, arxeologik qazishmalar, tarixiy yodgorliklarni konservatsiya qilish va taʼmirlash ishlarini faollashtirish maqsadida 1997-y. da Turkmaniston hukumati nufuzli xalqaro tashkilotlar b-n hamkorlikda «Koʻhna Urganchning madaniy sferasini rivojlantirish» loyihasini amalga oshirishga kirishdi.

Koʻhna Urganchda 12 — 14-a. lar meʼmoriy yodgorliklaridan El Arslon, Takash, Toʻrabekxonim, Najmiddin Kubro maqbaralari, Qutlugʻ Temur (jome masjidi) minorasi hamda karvonsaroy qoldiqlari, 16-a. yodgorliklaridan Sulton Ali maqbarasi, 20-a. boshidagi yodgorliklaridan Toshmasjid madrasasi va b. saqlangan. Koʻhna Urganchning eng qad. qismi hisoblangan Qirqmulla tepaligida 1989—92 y. larda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida u mil. av. 5—4-a. larda vujudga kelganligi aniqlandi.

Tarixda Koʻhna Urganch (Gurganj) oʻsha yerda yashab, ijod etgan va faoliyat koʻrsatgan mashxur kishilar (Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Maʼmun akademiyasining buyuk olimlari Beruniy, Ibn Sino, Abu Saxl Masihiy, Abul Hayr Hammor va b.) b-n dunyoga tanilgan.

Ad.: Gulyamov Ya. G., Istoriya orosheniya Xorezma, 1957; Tolstov S. P., Rabotы Xorezmskoy ekspeditsii 1949—1953 gg. TXAEE, t.2 M., 1958; Bartold V. V., Sochineniya,t. 3. M., 1965; Buniyatov 3. M., Gosudarstvo Xorezmshaxov-anushteginidov, M., 1986; Yusupov X., Tri fakta iz istorii Kyoneurgencha, Izvestiya AN Turkmenistana, Seriya gumanitarnыx vauk №2, 1992; Yusupov X., Serdse drevnego Xorezma, Ashxabad, 1993; Nurjonov Koʻhna urganch, Koʻhna va Yangi Urganch, Urganch, 1993; Xalimov N., Pamyatniki Urgencha, Ashxabad, 1991; Mamedov M. A., Muradov R. G., Srednevekovыye pismennыye istochniki o Drevnem Urgenche, Ashxabad, 2000.


Lotin alifbosida maqola: KOʻHNA URGANCH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
XORAZM VILOYATI
FRANSIYA
QORAQALPOGʻISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты