KOʻHNADARYO

KOʻHNADARYO, Daryoliq — Amudaryoning qurib qolgan oʻzani. Amudaryo muzlik davrida shu oʻzandan oqib,chuchuk suvli Sariqamish koʻliga quyilgan. Hozir qad. daryo oqiziqlari va shoʻrxoklar bilan toʻlgan. Urganch sh. yaqinidan boshlanib, shim.-gʻarbga yoʻvaladi. Toshhovoʻz vohasi orqali Koʻhna Urganch sh. gacha boradi, undan gʻarbga yoʻvalib, Boʻten togʻi yaqinida ikki tarmoqqa ajraladi. Oʻz. 300 km. Koʻhnadaryoning ikki chetida ariq, kanallarning izlari uchraydi. Amudaryo toshganda suvi Koʻhnadaryoga kirib boradi. 1878-y. gi katta toshqinda Amudaryoning suvi Koʻhnadaryo orqali Sariqamish koʻliga quyilib, koʻl suvi sathini 8 m koʻtargan. Koʻhnadaryo atrofida barxanlar uchraydi. Uning terrasa (koʻhna qayir)larida qamish, qoʻgʻa, yulgʻun, oqbosh, yantoq va b. oʻsadi. Toʻqayzorlar ham bor. Keyingi yillarda Koʻhnadaryo kollektor boʻlib xizmat qilmokda. Xorazm viloyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Turkmanistonning Toshhovoʻz viloyatidagi sizot suvlar K. dan Sariqamishga oqizilmokda.


Lotin alifbosida maqola: KOʻHNADARYO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMUDARYO
QORAQALPOGʻISTON
TOSHKENT
XORAZM VILOYATI
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты