MOMIQ PAXTA

MOMIQ PAXTA — xar xil yoʻnalishda tartibsiz ravishda kuchsizgina birikkan kalta tolalardan iborat mayin paxta. Asosan, tolasi ajratib olingan chigitlar sirtida qoladigan kalta tola (lint) dan tayyorlanadi. Momiq paxta tayyorlash uchun xom ashyo (kalta tolalar) xar xil aralashmalardan tozalanadi va titishsavash agregatida titilib va savalab mayinʻ massaga aylantiriladi. Maxsus ishlov berilib (kimyoviy moddalar bilan kaynatilib) zararsizlantirilgan Momiq paxta tibbiyotda, oddiylari texnika maqsadlarida ishlatiladi. Momiq paxta gigroskopik (namni yaxshi shimadigan) va kompress qilish xillariga boʻlinadi. Gigroskopik Momiq paxta oppoq boʻladi, qatlamlarga osongina ajraladi, qon va yiringni yaxshi shimgani uchun yaralarni bogʻlashda ishlatiladi. Kompress qilish Momiq paxtasi bint bilan bogʻlangan yara gazak olib ketmasligi uchun uni issiq tutish maqsadida bogʻlam ustidan qoʻyilib, ustidan bintlanadi. U singan joylarni gipslashda ham qoʻllaniladi. Momiq paxtaning alohida xili — vatin bir yoki ikki tomondan emulsiya surkalgan material boʻlib, kiy-im-bosh tikishda ishlatiladi. Paxtadan boshka tolalardan ham momiq tolalar massasi tayyorlash mumkin. Ularni tabiiy va sunʼiy xillarga ajratsa boʻladi. Tabiiy tolalar — jun, ipak, zigʻir, penka, asbest tolalar; sunʼiy tolalar — sellyuloza, shisha, metall, shlak, bazalt tolalar. Tabiiy momiq tolalar tikuvchilik, mebel-lsozlik va texnika maqsadlarida, sunʼiy momiq tolalar qurilish va kimyo sanoatida ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: MOMIQ PAXTA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIMYO
PAXTA TOZALASH SANOATI
YER
KIMYOVIY TOLALAR
JUN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты