MONOPOLIYADAN CHIQARISH

MONOPOLIYADAN CHIQARISH — iqtisodiyotdagi monopoliyadan erkin, teng xuqukli raqobatga asoslangan tadbirkorlik faoliyatiga qaytish (qayta oʻtish). Monopoliya erkin raqobatga yoʻl bermay, iqtisodiyotda turgʻunlikni vujudga keltiradi. Monopoliyadan chiqarish sogʻlom iktisodiy bellashuvga yoʻl berish maqsadlarida amalga oshiriladi. Natijada monopol korxonalar va birlashmalar oʻrniga oʻzaro raqobatlashuvchi koʻplab korxonalar paydo boʻladi. Monopoliyadan chiqarish 2 yoʻl bilan amalga oshiriladi; yirik monopol mavqedagi birlashmalar, kompaniyalar tarqatilib, ulardan mustaqil korxonalar ajralib chiqadi; monopol korxona yoki birlashmalar, kompaniyalar saqlangan holda ular b-n raqobat qila oladigan, bir xildagi yoki bir-birining oʻrnini bosuvchi mahsulot chiqaruvchi korxona yoki birlashmalar tashkil etiladi. Monopoliyadan chiqarish bozor iqtisodiyotiga oʻtishda yoki uning oʻsishi uchun yangi imkon yaratishda gʻoyat muhim. Monopoliyadan chiqarish Oʻzbekistonda 1990-y. lar boshidan bosqichma-bosqich amalga oshiriddi (q. Monopoliyaga qarshi qonunchilik).


Lotin alifbosida maqola: MONOPOLIYADAN CHIQARISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



RAQOBAT
TOSHKENT
XITOY
FRANSIYA
DEMONOPOLIZATSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты