MUALLIFLIK HUQUQI — keng maʼnoda — fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratish, foydalanish va ququqiy himoya qilishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yigʻindisi; fuqarolik huquqining bir boʻlimi. Top maʼnoda — asar muallifiga tegishli boʻlgan va qonunlarda mustahkamlanib qoʻyilgan shaxsiy va mulkiy huquklar tizimini tashkil etadi. Mualliflik huquqi h – boʻyicha munosabatlar har bir davlatga xos qonunlar va xalqaro konvensiyalar bilan tartibga solinadi.
Mualliflik huquqi h – boʻyicha 1952-y. gi Jahon (Jeneva) konvensiyasi hamda adabiy va badiiy asarlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi Bern konvensiyasi (1886) mavjud. Bern konvensiyasi Mualliflik huquqini himoya qilishning qatʼiy tizimini oʻzida ifodalaydi. Oʻzbekistonda Mualliflik huquqining asosiy normalari OʻzR Fuqarolik kodeksi (1041 — 1073moddalar) va «Mualliflik va turdosh ququklar toʻgʻrisida»gi OʻzR qonuni (1996-y. 30 avg.)da belgilangan.
Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi boʻlmish fan, adabiyot va sanʼat asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadrqimmati, shuningdek, ifodalash usuli (qoʻlyozma, tasvir, audiovideo yozuv, xaykal va h. k.)dan qati nazar, tatbiq etiladi. Barcha turdagi kompyuterlar uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari ham Mualliflik huquqi obyekti hisoblanadi. Muallif oʻz asariga nisbatan quyidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarga ega: muallif sifatida eʼtirof etilishi huquqi; asarni oʻz ismi, taxallusi yoki anonim tarzda eʼlon qilish huquqi; asar daxlsizligiga boʻlgan huquq; asardan har qanday shaklda va usulda foydalanish huquqi; asarni eʼlon qilish huquqi; asardan foydalanilganlik uchun haq olish huquqi; asarni tasarruf qilish huquqi. Asardan muallif yoki uning merosxoʻri bilan mualliflik shartnomasi tuzish orqaligina foydalanish mumkin. Chop etilgan begona asardan muallifning roziligisiz va mualliflik haqini toʻlamagan holda shaxsiy maqsadlarda foydalanishga, basharti bunda asardan normal foydalanishga ziyon yetmaydigan va muallifning qonuniy manfa-atlariga putur yetmaydigan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi. Asardan muallifning ism-sharifini va olingan manbani koʻrsatgan holda hamda asardan normal foydalanishga zarar yetkazmaslik va muallifning qonuniy manfaatlarini kamsitmaslik sharti bilan ilmiy tadqiqotlarda, taʼlim va oʻquv nashrlarida, axborot maqsadlarida qisman yoki toʻliq takrorlashga ruxsat beriladi. Asarga boʻlgan Mualliflik huquqi u yaratilgan paytdan boshlab amal qiladi. Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va vafotidan keyingi yilning 1 yanv. dan boshlab 50 yil davomida amal qiladi. Muallif vafotidan keyingi Mualliflik huquqi uning merosxoʻrlariga tegishli boʻladi va meros boʻyicha bir shaxsdan 2-shaxsga oʻtadi. Mualliflik huquqining amal qilish muddati tugaganidan keyin asar ijtimoiy boylikka aylanadi, yaʼni har qanday shaxs mualliflik haqini toʻlamagan holda erkin foydalanishga hakli. Mualliflik shaxsiy nomulkiy huquklari muddatsiz amal qiladi.
Mualliflik huquqi buzilgan taqdirda u sud orqali himoya qilinadi. Mualliflik huquqi buzilishining keng tarqalgan turlariga plagiat (koʻchirmachilik, madaniy oʻgʻirlik), asardan muallif ruxsatisiz tijorat maqsadlarida foydalanish (madaniy qaroqchilik) kiradi. Bunday hollarda huquqbuzar muallif huquklarini tiklashi, unga yetkazilgan zararlarni toʻlashi lozim. Mualliflik huquqini buzishga qaratilgan vositalar (asarning kontrafakt nusxalari) yoʻqqilibtashlanadi. Mualliflik huquqi egasi oʻziga tegishli xuquklarni oʻz xohishiga koʻra shaxsan amalga oshirishga haqlidir. Hukuq egasidan boshqa shaxslar Mualliflik huquqi larini faqat huquq egasining roziligi bilan va u bergan vakolatlar doirasida boshqarishlari mumkin (mas, ishonchnoma orqali). Mualliflik huquqi egalari oʻz zimmasiga Mualliflik huquqi larini boshqarish yuklatiladigan tashkilotlarni tuzishlari mumkin. Muallifning oʻz asariga nisbatan mutlaq huquqlari (mulkiy huquklar) tijorat muomalasida harakatda boʻlishi, haq evaziga boshqa shaxslarga toʻliq yoki qisman oʻtkazilishi, hadya qilinishi mumkin. OʻzR Jinoyat kodeksida Mualliflik huquqini oʻzlashtirganlik, hammualliflikka majbur etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan (yana q. Intellektual mulk huquqi). Mualliflik huquqini muhofaza etishni tashkiliyhuquqiy taʼminlash, bu borada davlat siyosatini amalga oshirish uchun Oʻzbekistonda Mualliflik huquqini himoya qilish agentligi faoliyat koʻrsatadi.
Ad.:Tosheʼ B., Mualliflik huquqi, T., 2002; Nasriyev I. Mualliflikhuquqi maz-muni va shaxsiy nomulkiy xuqukdar himoyasi, T., 2003.
Omon Oqyulov.
Комментарии 2