MUZYORAR

MUZYORAR — muzlab qoladigan suv havzalari (koʻllar, daryolar, okeanlar) da kemalar qatnovi uchun yoʻl (kanal) ochib beradigan eshkak vintli kema. U muzni tumshugʻi bilan oʻz ogʻirlik kuchi taʼsirida yorib va yoni bilan sindirib yoʻlni kengaytirib boradi. Muzyorarning tumshugʻi va quyrugʻi oʻtkir qirrali qilib, mustahkam poʻlat qoplab yasaladi. Tumshugʻi muz sirtiga chiqib turishi uchun 20 — 35° qiya qilinadi. Eshkak vintlari bitta, baʼzida ikkita yoki uchta boʻladi. Muzyorar bosh turbinasi (dvigateli)ning quvvati — 55mVt ga yetadi. Birinchi kuchli Muzyorar — «Paylot» 1864-y. Rossiyada qurilgan (dvigatelining quvvati 44,2 kVt). Key-inchalik SSSR, AQSH, Kanada, Finlyandiya, Shvetsiya, Daniyada yirik Muzyorarlar yasalgan.


Lotin alifbosida maqola: MUZYORAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
KANADA
OKEAN
ROSSIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты