MUKOFOT

MUKOFOT — bironbir faoliyat sohasidagi aloxdda yutuklar uchun ragʻbatlantirish shakli. OʻzR da pul va natura koʻrinishidagi, yakka shaxslarga yoki jamoaga beriladigan Mukofotlar mavjud. Mukofotlar oʻzining darajasiga koʻra: davlat M. lari, jamoat birlashmalari va b. nodavlat tashkilotlarining Mukofotlari, korxona, muassasalarning oʻz xodimlariga beradigan Mukofotlari, xalqaro Mukofot larga; shakliga kura esa — ordenlar, medallar, faxriy unvonlar, qimmatbaho sovrinlar, pul Mukofot lari va b. ga boʻlinadi.

Davlat Mukofotlari fuqarolarning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, fantexnika, sanʼat va adabiyot hamda boshqa soqalarda ulkan muvaffaqiyatlarni qoʻlga kiritganligi, taraqqiyotga katta hissa qoʻshganligini rasman eʼtirof etilishini bildiradi. Davlat Mukofot larining turlari, takdirlanish shartlari, tartiblari qonunlar va b. rasmiy hujjatlarda belgilab qoʻyiladi. Oʻzbekistonda fan va texnika sohasida Beruniy (Abu Raphon Beruniy) nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti, badiiy ijod sohasida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti, tasviriy va amaliy sanʼat, xalq hunarmandchiligi soxasida Kamoliddin Behzod nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti, adabiyot va sanʼat sohasida Abdulla Qodiriy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti, iqtidorli qizlar uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti taʼsis etilgan. «Davlat mukofotlari toʻgʻrisida» OʻzRning qonuni (1995Y. 22 dek.)ga koʻra, «Oʻzbekiston Hahramoni» unvoni, OʻzRning ordenlari, medallari, faxriy unvonlari va Faxriy yorligʻi davlat Mukofotlari hisoblanadi (q. Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallari, Faxriy unvonlar).

Ayrim shaxslarni jamiyat hayotidagi salmoqli hissasini taqdirlash maqsadida Jamoat birlashmalari va b. nodavlat tashkilotlarining Mukofoti ham taʼsis etiladi (mas, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, rassomlar uyushmasi yoki b. jamoat birlashmalarining Mukofotlari).

Korxona, muassasalarning oʻz xodimlariga beradigan Mukofotlari — mehnat intizomkpch mustahkamlashning asosiy h^kuqiy usullaridan hisoblanadi. Korxonada xodimlarni Mukofot lash ichki mehnat tartibi qoidalari, Mukofot lashga oid ichki nizomlar, boshqa lokal meʼyoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. U moddiy va maʼnaviy tusda boʻladi. Moddiy yoʻsindagi Mukofotlar jumlasiga qimmatbaho buyum bilan yoki pul koʻrinishida beriladigan Mukofotlar kiradi. Pul Mukofoti korxonada ish qaqi toʻlash tizimida nazarda tutilgan (ish natijasiga koʻra muntazam berib boriladigan) va ish haqi tizimida nazarda tutilmagan (bir martalik) Mukofot larga boʻlinadi. Ish haqi toʻlash tizimida nazarda tutilgan (shu jumladan, korxona yillik ish natijalariga koʻra tulanadigan «oʻn uchinchi» va hatto «oʻn toʻrtinchi» oylik deb ataluvchi) Mukofotlarni berish mezonlari, shartlari, tartiblari korxonaning bevosita oʻzida ish beruvchi tomonidan xodimlar vakillik organi bilan kelishib tasdikdanadigan ichki meʼyoriy hujjatlar bilan belgilanadi. Korxonalarda tashakkur eʼlon qilish, hurmat kitobiga nomini yozish, korxona faxriy unvonlarini berish va h. k. shakllardagi maʼnaviy ragʻbatlantirishlardan foydalanilishi mumkin. Xodimlarni mukofotlashda qar bir xodimning korxona yutugʻiga qoʻshgan qissasini alohida va munosib baholash ish samaradorligini oshirishga taʼsir qiladi.

Xalqaro Mukofotlar — xalqaro tashkilotlar, jamgʻarmalar, xorijiy xususiy shaxslar tomonidan muayyan sohada olamshumul ahamiyat kasb etuvchi yutuklarga erishgan kishilarni taqdirlash (pul yoki maxsus unvonlar, xalqaro grantlar va b. berish) uchun taʼsis etiladi (mas, Nobel mukofoti, YUNESKO xalqaro Mukofoti va h. k.).

Yoʻldosh Tursunov.


Lotin alifbosida maqola: MUKOFOT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
BERUNIY
FRANSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты