MUSAMUHAMEDOV

MUSAMUHAMEDOV Rizamat (1881.24.2 – Toshkent – 1979.13.3) sohibkor bogʻbon, uzumchilik amaliyoti novatori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan agronom (1971), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sohibkor (1935), Mehnat Qaxramoni (1962). 1893—47 y. larda Toshkent sh. va Toshkent viloyatida uzumchilik xoʻjaliklarida sohibkor boʻlib ishlagan. Toshkent viloyati q. x. boshqarmasida tokchilik boʻyicha yoʻriqchi (1947 — 50), Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligida bogʻdorchilik va tokchilik boʻyicha bosh agronom (1950). Bogʻ va tokzorlar barpo etish, tokka shakl berish, tok kesish, tokzorlarni qayta tiklash va tok oʻstirish, hosildorlikni oshirishning yangi va ilgʻor usullarini ishlab chiqqan. Musamuhamedov rahbarligida Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda 3250 ga namunali bogʻ va tokzorlar barpo etilgan. «Tokchilik boʻyicha qoʻllanma» (1939) «Moʻl uzum hosili yetishtirishdagi tajribalarim» (1959) kabi kitoblar muallifi. Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik in-tida chiqarilgan va Oʻzbekiston, Tojikistonda r-nlashtirilgan serhosil tok navi Musamuhamedov sharafiga Rizamat deb atalgan. Musamuhamedov haqida «Gulga burkangan hayot» (1961), «Rizamat otaning 100 bahori» hujjatli filmlari yaratilgan. Toshkent viloyati Qibray tumanidagi uzumchilik, Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi bogʻdorchilikuzumchilik shirkat xoʻjaliklariga, Toshkent sh. dagi koʻchalardan biriga Musamuhamedov nomi berilgan.


Lotin alifbosida maqola: MUSAMUHAMEDOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TOSHKENT VILOYATI
ANDIJON VILOYATI
UZUMCHILIK
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты