MUTRIBIY

MUTRIBIY, Noiy (taxalluslari; asl ism-sharifi Mavlono Sultonmuhammad Mutribiy Noiy Samarqandiy) (1558, Samarqand — 17-a. ning 30-y. lari) — shoir, adabiyotshunos, xattot va sozanda. Forsiyda ijod qilgan. Samarqand maktab va madrasalarida oʻqigan. Maʼlumotini oshirish uchun Buxoroga borib, zamonasining yetuk olimlari qoʻlida taʼlim olgan. 16a. oxirida Samarqandga qaytib, ijod b-n shugʻullangan. Mutribiyning Samarqandda tuzgan «Tazkirat ush-shuaro» (1605) va Hindistonda yozgan «Nusxai zeboi Jahongir» (1625) nomli adabiy va tarixiy asarlari hamda «Xotiroti Mutribiy» memuari saqlangan. «Tazkirat ush-shuaro»da 16-a. 2-yarmi — 17-a. boshlarida Oʻrta Osiyo va Ozarbayjonda yashab ijod etgan 320 nafardan ortiq shoirning hayoti va ijodi haqida maʼlumot berilgan. Asar kirish qism va 2 fasldan iborat. Shoirlarning nomlari abjad tizimi asosida joilashtirilgan. Mutribiy tazkirada keltirilgan asarlarning vazn turlari, badiiy vositalari haqida ham fikr bildirgan. Shoirlarning forsiy hamda turkiy gʻazallaridan namunalar berilgan. Asar oʻsha davr adabiy muhitini oʻrganishda muhim manba h. isoblanadi.

«Nusxai zeboi Jahongir» tazkirasini M. Hindistonda boʻlganida (1625— 27) yozib, Jahongir shohga tuh-fa etgan. Mazkur asar oxiriga shox,ning taklifi b-n Jahongirning oʻzi tuzgan tazkira ilova qilingan. Unda 292 shoir haqida maʼlumot keltirilgan. M. Samarqandga qaytgach, «Xotiroti Mutribiy» asarini yozgan. Unda Oʻrta Osiyo va Hindiston oʻrtasidagi adabiymadaniy, siyosiy aloqalar aks etgan. Mutribiy sheʼrlaridan namunalar turli manbalarda uchraydi. «Tazkirat ush-shuaro» asari Oʻzbekiston FA Sharq-shunoslik in-ti fondida (inv. №2253), «Nusxai zeboi Jahongir» va «Xotiroti Mutribiy»ning Hindistonda koʻchirilgan nusxasi (1665) Londondagi Indiya offis kutubxonasida saqlanadi (inv. №3023).

LL. Axmedov B. A., Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii XVI — XVIII vv. (Pismennыye pamyatniki), T., 1985.

Begali Qosimov.


Lotin alifbosida maqola: MUTRIBIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
TEMURIYLAR
FRANSIYA
SAMARQAND
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты